Agar siz dengizda olti yuz metr quyiga sho’ng’isangiz, suvosti qoyalarida nautilusning chiroyli bejirim burama chig’anoqlari yoki sadafdor kemachalarni ko’rasiz. Ular olimlar diqqatini nafaqat chiroyi, balki shakli bilan ham qiziqtirib keladi. Nautilus chiganog’i yelkasi tomonga buralgan va ko’ndalang to’siqlar bilan bir nechta hujralarga ajralgan. Mollyuskaning o’zi eng katta hujayraga joylashadi, qolgan hujralar esa gaz bilan to’ldiriladi. Nautilus ulg’ayib borarkan, chig’anoq og’zi tomonidan o’sib boradigan yana ham kattaroq yangi hujraga ko’chib o’tadi. Chig’anoqning ichki tarafi sirti sadaf bilan, tashqi tarafi esa yaltiroq, oq, chinnisimon, egik qo’ng’ir chiziqchalar bilan bejalgan. Nautiluslar gazga to’ldirilgan chig’anoq hujralari tufayli suza oladi. Ularga joylangan suyuqlik asta sekin Nautilus tanasiga birikkan sifon-nay orqali hujradan hujraga o’tib, chiqib ketadi. Nautilus rivojlangan sayin uning sof og’irligi oshib, chig’anog’i esa kattarib boraveradi. Dengizda muvozanat saqlab turishi uchun kemacha hujralaridagi suyuqlikdan xalos bo’lib turadi. Bu tartib nautilusning og’irligini saqlagan holda chig’anog’i o’lchamining kattarib borishiga imkon yaratadi. Kemachalar hayotining asosiy qismini qorong’ilikda o’tkazishadi. Agar unga chiroq qaratsangiz, darrov ko’zdan g’oyib bo’ladi. Nautiluslar “o’laksaxo’r” bo’lib, dengiz tubidagi hayvonlar jasadi va nimtalari bilan oziqlanadi. Sadafdor kemachalar tinch okeanining g’arbiy qismida va Hind okeanining ba’zi mintaqalarida hayot kechiradi.

Husayn Boyqaro ta’sis etgan “Oliy majlis” haqida bilasizmi?

Birinchi o‘zbek multfilmi haqida nimani bilasiz?

Birinchi o‘zbek gazetasi chiqqan kunni bilasizmi?

Sohibqiron Amir Temur yoquti hozir kimning xazinasida saqlanadi?

Oʻsimliklar rangni qayerdan oladi?

Nega baʼzi baliqlar tok uradi?

Tillaqoʻngʻiz qanday qilib nur chiqaradi?

Dengizchi Papay nega ismaloq yeydi?

Avtomobil chaqmoq urishidan qutqara oladimi?
