Sadat Anvar
Sadat Anvar, Muhammad Anvar al- Sadat (1918.25.12, Minufiya viloyati, MIT Abu alqum qishlog’i — 1981.6.10, Qohira) — Misrning davlat va siyosat arbobi. 1938 y. harbiy bilim yurtini tugatgan. J. A. Nosir boshqargan “ozod zobitlar” inqilobiy tashkilot a’zo- si (1950), Milliy demokratik partiya raisi (1978). 1952 y. iyul inqilobida qatnashgan. Misr viseprezidenti (1964-66, 1969-70), prezidenti (1970 y.dan). S. mamlakat iqtisodiy va ijti- moiy hayotini liberallashtirish yuza- sidan choratadbirlar o’tkazgan. Misrda “ochiq eshiklar” siyosatini joriy qilgan. 1973 y. 6 okt.da Isroilga qarshi urush boshlagan. SSSR b-n Misr o’rtasida tu- zilgan Do’stlik va hamkorlik haqidagi bitimni bekor qilgan (1976, mart). S. Isroil bosh vaziri M. Begin b-n AQSh vositachiligida Kemp Devid (AQSh) tin- chlik shartnomasini imzolagan (1979 y. 26 mart). Unga binoan, Isroil 3 y. mo- baynida o’z qo’shinlarini Sinay ya.o.dan olib chiqib ketishga va’da bergan. O’z na- vbatida S. Isroil b-n siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni tiklashga rozilik bergan. Nobel tinchlik muko- Foti laureati (1978 y. dek.). Qohirada bo’lgan harbiy namoyish paytida otib o’ldirilgan. Ad:. Knyazev A. G., Egipet posle Nase- ra, 19701981, M., 1986; Primakov E. M, Istoriya odnogo zagovora, M., 1985.