Sa’diev Xayrulla Habibovich

Sa’diev Xayrulla Habibovich – (Toshkent) — O’zbekiston rassomlik. san’ati in-tini tugatgan (1963). 1963— 86 y.larda yosh tomoshabinlar teatri- da, 1986 y.dan satira teatrida aktyor. S, asosan, komik aktyor bo’lib, drama- tik, xarakterli rollarni ham me’yori- ga etkazib ijro etishi, o’tkir satiric va lirik portretlar ustasi sifatida ajralib turadi. Maneko (“Polizdagi voqea”) uning sahnada yaratgan ilk ob- razidir. Keyinchalik Xlestakov (“Re- vizor”), Dartan’Yan (“uch mushketyor”), Konfetvoy (“Suqatoy Konfetvoy”), Ali (“Ali va Vali”), mushuk (“etik kiygan mushuk”), Mishka Dadone (“tosh- kent — non shaxri”), Shum bola (“Shum bola”), Afandi (“Afandining yoshli- gi”), Yusuf (“Tobutdan tovush”) kabi rollarni ijro etib Shuxrat qozondi. Kino (“Akmalning sarguzashtlari”da ertakchi chol; “shiddat”da Mamat; “xo- razm afsonasi”da masxaraboz; “To’ylar muborak”da kuyovning do’sti; “Ars- lonning sarguzashtlari”da qo’rqinch; “Xumcha”da choyxonachi; “Marg’iyona”da masxaraboz; “Alpomish”da Toychaxon; “Meshpolvon”da Rayhon qiziq va b.), te- levizion spektakl va filmlarda (Shum bola, “Shum bola”; Anvar, “izlayman”; Sobir, “Uchrashuv”, Jalil, “Shaytanat” kabi) ham suratga tushgan. Maxsus teat- rlashgan dasturlarda Afandi, asabiy odam, lektor kabi obrazlar yaratgan. S, shuningdek, televizion miniatyuralar teatrining doimiy katnashchisi.