Sa’diev Yodgor Habibovich

Sa’diev Yodgor Habibovich (1946.12.6, Toshkent) — aktyor, rej. O’zbekiston xalq artisti (1998). Tosh- kent teatr va rassomlik san’ati in- tini tugatgan (1971). 1968 y.dan hoz. O’zbek milliy akademik drama teatri, shuningdek, 1998 y.dan O’zbekiston ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyati qoshidagi “qalqon” studiyasining badi- iy rahbari. S. ijodi ijtimoiy, fal- Safiy va g’oyaviy mazmun ila yo’g’rilgan bo’lib, qahramonlar xususiyatini, ij- timoiy muhit b-n munosabatlarini, ichki dunyosi va kechinmalarini psixo- logik o’tkir tarzda talqin etishi b-n ajralib turadi. Kaxramonga dramatic xatti-harakat, ohang, imo-ishora topa olishi, uning ichki va tashqi tomonini uyg’unlashtira olishi b-n diqqatga sa- zovor. “Mirzo Ulug’bek” spektaklidagi Frantsiya elchisi sahnadagi ilk obrazi- dir. Karl Morr (“Qaroqchilar”), Kochka- ryov (“uylanish”), ertakchi (“qor Malika- si”), G’ofir (“boy ila xizmatchi”), Pro- metey (“olovni tashlama, Prometey”), Kichik o’g’il (“G’ariblar”), Bobur (“yul- duzli tunlar”), Klimkov (“ro’yxatlarda yo’q”), Arslon (“oyna”), Abdurahmon (“Mehrobdan chayon”), Filipp (“ro’yo”, 1983 y. shu rol uchun yilning eng yaxshi erkak rolini olgan), Abror Hidoyatov (“Tomosha davom etadi”) kabi rollari b-n mashhur. S. kinoda “Dilbarim”da Abdu- salom, “o’n uch terak ko’chasi”da Olimjon, “Armon”da Dadabo’ri, “engilmas”da Shayx Ja’far, 20 qismli “Shaytanat”da Asadbek roli b-n Shuxrat krzondi. “Shaytanat”ning 7 dan 20-qismigacha S. rej.lik ham qilgan. Shuningdek, telefilm, videofilm va teleposta- novkalar (“Abu Ali ibn Sino”da Ibn Sino, “diyonat”da Jabbor, “girdob”da Yo’ldosh, “Alisher Navoiy”da Badiuz- zamon, “imon”da Orifjon, “Ichkuyov”da O’rinboy, “so’nggi o’q”da Jahongir va b.)da xam o’ynagan. Rej. sifatida “Al- dagani xotin yaxshi” (J.Puare), “Tungi mehmon” (F.Bogdanov), “xayot eshik or- tida” (S.Sirojiddinov) kabi spektak- llarni sahnalashtirgan. Dublyajda 700 ga yaqin filmda ovoz bergan. Hamza no- midagi O’zbekiston Davlat mukofoti la- ureati (1989).