Sadoiy Mirhasan

Sadoiy Mirhasan (18-asr 2-yarmi — Farg’ona — 1820) — shoir. Hayoti va ijodiga oid ayrim ma’lumotlar Dilshod Otinning “tarixi muhojiron” asarida uchraydi. Huvaydoning shogirdi, ko’pchilik she’rlari uning g’azallariga hamohang. Hofiz, Navoiy, Mashrab adabiy an’analarini davom ettirgan, g’azallariga naziralar bitgan. She’rlarida dunyoviy sevgi, do’stlik, axloqiy fazilatlar, ilm-ma’rifat kuylangan, ijtimoiy nohaqliklardan shikoyat qilgan. Lirikasi ham ijtimoiy mavzuda (“Salom”, “Bo’lmadi” va boshqalar). Bizgacha 168 g’azal, 1 muxammas, 1 musaddas, 1 muvashshah, 2 chiston — 1800 misradan iborat devoni (Toshkent, 1916) yetib kelgan, qo’lyozmasi topilmagan. Ad.: Qayumov A., Qo’qon adabiy muxiti, T., 1961; asrlar nidosi, T., 1982.