Sadrieva Zaynab
Sadrieva Zaynab (1914.25.10, Astraxon — 1991.31.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq artisti (1952). 1930-33 y.lar o’zbek ishchi-yoshlar tea- trida, 1933-87 y.lar Hamza teatrida, 1987— 91 y.lar Abror Hidoyatov no- midagi teatrda ishlagan. Aktrisaning o’ziga xos iste’dodi qismati og’ir, lekin irodasi kuchli ayollar xarakterini yara- tishda monumental obrazlari ochildi. Kruchinina (“aybsiz aybdorlar”), Lyu- bov Yarovaya (“Lyubov Yarovaya”), xri- Stina (“ro’yxatlarda yo’q”) va b. shular jumlasidan. Shuningdek, S. ijodida qattiqqo’l, hukmini o’tkazishga o’ch ayollar obrazi alohida o’rin tutadi: Gavharshod begim (“Mirzo Ulug’bek”), Tangabeka (“Oy tutilgan tunda”), Hojiona (“boy ila xizmatchi”) va b. Mumtoz asarlardagi Milfordxonim (“makr va muhabbat”), Gertruda (“Hamlet”), Vassa, Glafira (“Vassa Jeleznova”, “so’nggi qurbon”) kabi obrazlari ijtimoiy va psixologik jihatdan teran va tugalligi b-n ajra- lib turadi. Ayniqsa, S. yaratgan Far- monbibi (“Kelinlar qo’zg’oloni”) mil- liy bo’yoqlarga boyligi, hayotiyligi b-n katta muvaffaqiyat qozondi. U bir qancha filmlar [“Gang daryosining qizi” (Chata Patxayaxonim), “Suyunchi” (Anzirat), “Armon” (oshpaz ayol) va b.]da ham surat- ga tushgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).