Saf

Saf (Arab. — qator, sira) — harbiy bo’linma va qismlarning birgalikda harakat qilishi uchun muayyan tartibda joylashuvi. Quldorliktuzumining Vu- judga kelishi turli qo’shin qismlarini ma’lum tartibga solish, S. tuzish- ni taqozo etgan. Yaqin Sharq, Yuno- niston, qad. Rim va Karfagenda qurolyarog’larning va harbiy ishning takomillashuvi, jang aravalarining paydo bo’lishi jangovar S.ga alohida diqqat qilishga zamin yaratgan. Turkiy xalqlar tomonidan jahon harbiy san’a- ti tarixida birinchi bo’lib otliq askar- lar S.ining joriy kilinishi suvoriy qo’shinining dushman kuchlari ustidan to’la ustunligini ta’minlagan. Zamonaviy S. — harbiy xizmatchi- lar, kichik bo’linmalar va qismlarning Nizomga ko’ra, piyoda va mashinalarda birgalikda harakat qilish uchun joyla- shuvi. Bunda qanotlar o’rtasidagi ma- Sofa — S.ning eni, 1sherenga (oldinda turgan harbiy xizmatchi)dan so’nggi she- renga (oxirida turgan harbiy xizmatchi) orasidagi, mashinalar b-n turganda esa, 1chiziqda (oldinda) turgan mashinalar b-n so’nggi (orqadagi) chiziqda turgan ma- shinalar o’rtasidagi masofa — S.ning bo’yi deb ataladi. Bo’linmalar 1 yoki 2 sherenga (mashinalar liniyasi)ga yoxud kolonnalar liniyasiga Nizom yoki ko- mandir belgilab qo’ygan oraliq masofa- ni saqlagan holda tizilishi — yoyiq S. bo’lib, shuningdek, boshqa zarur hollarda qo’llaniladi. Bo’linmalarning Nizom yoxud komandir belgilab qo’ygan oraliq masofani saklagan holda kolonnalarga tizilishi — yurish Si deb ataladi. U bo’linmalarning marshni bajarishi, tan- tanali marsh va ashula b-n o’tish kabi bir joydan ikkinchi joyga ko’chishi, shuning- dek, boshka zarur hollarda qo’llaniladi. S.ni boshqarish — komandirning ovoz, signal va shaxsiy namuna, shuningdek, texnik va harakat vositalari orqali beriladigan buyruqlari orqali amalga oshiriladi. Kolonna bo’yicha buyruqlar kichik bo’linmalar komandirlari (mashina boshliqlari) va tayinlangan kuzatuvchi- lar orqali uzatilishi mumkin. Hamidulla Dadaboev, Xudoynazar Jumanazarov.