Safarov Nazir

Safarov Nazir (1905.9.1, Jizzax 1985.1.4, Toshkent) — O’zbekiston xalq yozuvchisi (1975). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1950). 2-jahon urushi qatnashchisi. Eski va yangi usul maktablarida o’qigan. Samarqandda qishloq o’qituvchilarini tayyorlash kur- sini tugatgach, Jizzax va Mitan (hoz. Ishtixon) tumanlarida o’qituvchilik qilgan (192024). Jizzax uezd maorif ti- zimida (1925-27), “qizil O’zbekiston” gaz. bo’lim mudiri, “ishchi” gaz. (1929— 32) va Yozuvchilar uyushmasida mas’ul kotib (1932— 35), adabiy maslahatchi (1947-53), Respublika kzsovxoz sayyor teatrida adabiy emakdosh (1938-39), O’zbekiston Davlat nashriyotida (1939— 41), Toshkent kinostudiyasida director (1946-47). Ilk maqolalar to’plami — “Yangi turmush uchun kurash” (Ziyo Said b-n hamkorlikda, 1930). Shundan keyin S.ning “qora kunlar ko’lankasi” (1931), “Unutilmas kunlar” (1932) to’plamlari chop etilgan. Dastlabki pesasi — “ta- rix tilga kirdi” (1931, Ziyo Sayd b-n hamkorlikda). “Uyg’onish” (1938), “Sharq tongi” (1948) pesalarida 1916 y. Jiz- zax qo’zg’oloni, O’zbekistonda sho’rolar tuzumi o’rnatilishi aks ettirilgan. S. “Hayot maktabi” (1954), “kimga to’y, kim- ga aza” (1963), “Lukash Botir” (1974, yo. Xudoyqulov b-n hamkorlikda) kabi pe- Salar muallifi. S. urushdan keyingi yillarda “ocher- klar” (1950) to’plami, “Oliyaxon sulto- Nova”, “Xadicha Ahrorova” (1953), “katta karvon yo’lida” (1960), “uzoqni ko’zlagan qiz” (1961), “inson izi” (1971) singa- ri qissa va ocherklarini yozgan. S.ning “Ko’rgankechirganlarim” (1968) avtobi- ografik qissasi va “Navro’z” (1973) ro- manida 20y.larda Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi qishloq kishilari hayoti tasvirlangan. S. ishtirokida “Uyg’onish” (1957) va “er farzandi” (1961) filmla- rining stsenariylari yaratilgan. As: tanlangan asarlar [4 j.li], 1—4j.lar, T., 197477. Ad.: Ubaydullaev Sh., Nazir Safarov, T., 1976.