Safarov Ruben Akopovich

Safarov Ruben Akopovich (1930.16.1, Andijon sh.) — huquqshunos, yozuvchi. O’zbekiston FA akad. (2000), ta- rix fanlari D-ri (1982), prof. (1983). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1980). Moskva yuridik in-tini tugatgan (1953). “Andijanskaya Pravda” viloyat gaz.da adabiy xodim, bo’lim mu- diri, muharrir o’rinbosari (1953— 64), muharrir (1964-72). O’zbekiston KP MK targ’ibottashviqot bo’limi Mudi- ri o’rinbosari (1972— 79), O’zbekiston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat qo’mitasi (keyinchalik Davlat matbuot qo’mitasi) raisining o’rinbosari (1979-88), “Pravda vos- toka” gaz. bosh muharriri (1988— 96), “O’zqishloqmashxolding” kompaniyasi- ning ish boshqaruvchisi (1996 y.dan). S. badiiy ijod b-n shug’ullanib, “Usta va Amir” (1985), “ustaning taqdiri” (1987), “podshoh munajjim” (1994), “yo’qotilgan umidlar” (1997) kabi tarixiy romanlar, bir qancha qissalar yaratgan. Safarov Firudin Sattor o’g’li (1933. 1.8, Boku) — opera rejissyori. O’zbekiston xalq artisti (1986). Ozarbayjon davlat konserva- toriyasini (1957), Leningrad davlat konservatoriyasini (1968) tugatgan. 1953-64 y.lar Ozarbayjon simfonik orkestrida ishlagan. Ozarbayjonning birinchi professional opera rej.i. S. keng diapazonli rej. bo’lib, asarning g’oyaviy-badiiy mazmuniga chuqur kirish, yorqin sahna tili va yuqori sahna mada- niyati b-n ajralib turadi. 196977 y.lar M.F. Oxundov nomidagi Ozarbayjon davlat opera va balet teatrida, 1977— 86 y.lar Navoiy teatrining bosh rej.i, 1986 y.dan postanovkachirej. “Layli va Majnun”, “Go’ro’g’li”, “Pyotr I”, “FA- ust”, “sadoqat”, “qarg’a motkasi”, “ot- ELLO”, “Maysaraning ishi”, “hayotbaxsh o’lim”,”SayatNova”, “bo’ron”, “Iolanta”, “Ona yuragi”, “Xiva ordeni” kabi opera- larni sahnalashtirgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureate (1981). “Mehnat shuhrati” ordeni b-n mukofotlangan (2003).