Safi, Asfi

Safi, Asfi — Marokashning g’arbiy qismidagi shahar. Safi viloyati- ning ma’muriy markazi. Aholisi 262,3 ming kishi (1990y.lar o’rtalari). Atlan- tika okeani sohilidagi baliq ovlash va savdo porti (chetga fosforit, baliq kon- servalari, superfosfat chiqariladi). T.y. orqali Yusufiya, Marrokash va b. shaharlar b-n bog’langan. Jahonda yirik fosfor kislotasi i.ch. markazlaridan. Baliq konservalash, to’qimachilik sano- ati korxonalari, kema verfi bor. Baliq ovlanadi. Shaharga 11-a.da asos solin- gan.