SAGAMIXARA
SAGAMIXARA — Yaponiyadagi shahar. Kanagava prefekturasida. Xonsyu orolining Janubiy Sharqiy qismida, dosi daryosi bo’yida. Aholisi 605 ming kishi (2000). Mamlakatning elektromashinasozlik va avtomobilsozlik hamda yadro tadqiqotlari markazi. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor.