SAGITOV ABDULLA KIYAMOVICH

SAGITOV ABDULLA KIYAMOVICH (1918, Ulyanov viloyati) — biolog olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1977), biologiya fanlari Doktori (1966), professor (1968). O’zbekiston Davlat universiteti (Samdu)ni tugatgan (1941). Urush qatnashchisi (1941-45). SamDU biologiya fakulteti zoologiya kafedrasida assistant (1948— 50), dotsent (1950-68), professor (1968), mudir, fakultet dekani (1945-2001). Umurtqali hayvonlarni muhofaza qilish, qushlarning nerv sistemasi va eshitish organlarining solishtirma anatomiyasi ustida ilmiy ish olib borgan. 4 jildli “O’zbekiston qushlari” va “O’zbekistonning qizil kitobi” bosh muharriri. O’zbekiston ornitologlar jamiyati prezidenti (1951-92).