Sahro

Sahro- 1) Yaqin va O`rta Sharq mamlakatlarnda, chunonchi arab va eroniy tillarda «cho`l» ma’nosida ishlatiladigan so`z, joy nomlari tarkibida ham uchraydi, Masalan, Sahroi Kabir; 2) o`zbek tilida cho`l so`zining sinonimi sifatida (1960-yillargacha) ishlatilib kelgan; 3) hozirgi o`zbek geografik adabiyotida Arktika, Antarktikadagi va baland tog`lardagi doimiy sovuq, qor-muzlar makoni (muz sahrosi).