SAID OTALIQ MADRASASI
SAID OTALIQ MADRASASI — Surxondaryo viloyati Denov sh.dagi me’- moriy yodgorlik (16-a.). Xoja Alouddin Attorga atab qurilgan. Aytishlaricha, bu zot Bahouddin Naqshbandning kuyovlari bo’lib, u kishining ikki xalifalaridan biri. Bu kishi dafn qilingan qabrlari hozir “Shayx Attori Valiy” yoki “osto- na buva” deyiladi. Madrasa u kishi- ning o’g’illari va nevaralari tomonidan 26 y. davomida qurilgan. Qurilishda usta Ahmad Mamat Buxoriy boshqosh bo’lgan. Poydevorining chuq. 5,5 m. Ma- drasa shim,Jan.ga tomon cho’zilgan to’gri to’rtburchak tarhli (46×64 m), burchaklari- ga guldastalar ishlangan. Peshtog’ining 2 yon tomonida 2 qavatli 3 ravoqli peshay- voni bor. Peshtoq orqali kiraverishda miyonsaroy (bir necha bo’limdan iborat), uning 2 yonida Chortoq tarxli masjid va darsxona bor. Miyonsaroy gumbazi qalqonsimon qanoslarga, masjid va darsxona gumbazlari toqilarga tayangan. Hovli (40×29,5 m) atrofida oldi chuqur ravokli, 2 qavatli hujralar joylash- gan. Pastki qavatdagi hujralar hajmi 4,75×2,75 m va yuqorisidagi hujralar hajmi 2,75×2,25 m, tomi balxi gumbaz- li. Peshtog’i va ichki xonalarida Miyon- saroy ravoqlarida ganchkori bezaklar va ichki bo’rtma qobirg’asimon, muqarnas naqshlar saqlangan. Hujra derazalariga ganchdan panjaralar ishlangan. 1956-60 va 1972-73 y.larda ilmiy o’rganilib, loyiha asosida ta’mirlanmoqda. Ad.: Arshavskaya Z.A., Rtveladze E.V.,Xakimov Z.A., Srednevekovie Pa- myatniki Surxandari, T., 1982.