Saidazimova Tursunoy
Saidazimova Tursunoy (1911, Toshkent — 1928.10.5, Buxoro) birinchi o’zbek aktrisasi. Moskva o’zbek drama studiyasida uqigan (1924-27); 1927 yildan O’zbek drama truppasida aktrisa. Qisqa umri davomida o’zbek va chet el dramaturgiyasidan yorqin obrazlar yaratdi: Mariya Antonovna (“Revizor”), Turandot (“Malikai Turandot”, 1927), Klariche (“ikki boyga bir malay”) va boshqalar. F. Zafariyning “Halima” musiqali dramasida Halima obrazini yaratish bilan o’zbek musiqali sahna ijrochiligida yangi sahifa ochdi. Saidazimova bu spektaklda musiqali drama janrida ilk bor dramatik va vokal komponentlarni bir-biri bilan uyg’unlashtirgan holda obraz psixologiyasini, uning ichki dunyosini chukur ochishga erishdi. 17 yoshida vahshiyona o’ldirilgan. H.H.Niyoziy unga atab “Tursunoy marsiyasi”ni yaratgan.