Saidazizov Saidrasul

Saidazizov Saidrasul (1866 Toshkent — 1933.3.2) — ma’rifatparvar, shoir, tarjimon. Toshkentda Mahmud da- sturxonchi madrasasida tahsil ko’rgan, rus-tuzem maktabini tugatgan (1900). O’zi o’qigan madrasada mudarrislik qilgan, rus-tuzem maktabi, o’qituvchilar Semi- nariyasida “Sharqiya muallimi” bo’lib ishlagan (1900 y.dan). Moskva va Peter- burgga sayohat qilgan (1910). Taassurot- lari “Turkiston viloyatining gazeti”da bosilgan (191011). V. V. Bartold, A. N. Samoylovich, S. M. Grameniskiy kabi rus ziyolilari b-n do’stona munosabatda bo’lgan. A. o’zbek, tojik va Arab tillari- da ijod qilgan. G’azal, fard, ruboiy, ta’- rix va b. janrlardagi she’rlar, publisi- Stok maqolalar, “ustozi avval” darsligi (1902) muallifi. G’azallari ishqiy mav- zuda, boshqa she’rlarida ilm-ma’rifatli bo’lish, odob, axloqlilik ulug’langan. Toshkentda yangi usuddagi maxalliy MAK- tablar ochgan, ularni rus-tuzem maktabla- ridagi ta’lim-tarbiya metodikasi asosi- da ishlangan dastur va darsliklar b-n ta’minlagan, o’qituvchilik ham qilgan. “Tovush usuli” (“usuli savtiya”) metodi- dagi “ustozi avval” darsligi 17 marta nashr etilgan. U I. A. Krilov (“Tulki bilan uzum”, “zuluk bilan ilon” va b.), L.N. Tolstoy (“qishloqi birla bolasi”, “Fatonat” va b.), asarlarini o’zbek tili- ga ilk bor she’riy tarjima qilgan. Ad.: Sharipov J., Badiiy tarji- malar va mohir tarjimonlar, T., 1972; Yusupov Sh., Furqat yo’llarida, T., 1984. Qosimov B., Dolimov U., Ma’rifat dar- galari, T., 1990. Begali Qosimov.