Saidjonov O’lmas
Saidjonov O’lmas (1951.10.1, Kitob tumani) — O’zbekiston xalq hofizi (1993). Qarshi davlat ped. in- tini (1974), Toshkent irrigasiya va qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash muhandislari in-tini tugatgan (1981). 1994 y.dan Muhiddin Qoriyoqubov nomi- dagi O’zbek davlat filarmoniyasi (1996 y.dan akademik va xalq badiiy jamoa- lar direktsiyasi)ning direktori, ayni paytda, 1996-2001 y.lar “O’zbeknavo” birlashmasi direktori o’rinbosari. Kuchli, yorqin va jozibali ovoz sohibi. Repertuaridan o’zbek mumtoz ashulalari (“Feruz”, “Guluzorim”, “Mustahzod”, “Girya” va b.) va zamonaviy bastakorlar asarlari (“Onajonim”, “Furqat nido- si”, “Temur bobom”, “bog’i Jahonnoma”, “Beminnat”, “Nigorim”, “Surating” kabi) o’rin olgan. 2-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. “Sharqtaronalari” xalqaro musiqa Fe- stivali YUNESKOning maxsus mukofo- ti sovrindori. S. ijodiga bag’ishlangan telefilm (“O’zbekiston xalq hofizi Ulmas Saidjonov kuylaydi”) ishlangan (1996, O’zbekiston televideniesi). “El- yurt hurmati” ordeni b-n mukofotlangan (1998).