Saidnosirova Zarifa

Saidnosirova Zarifa (1908,31,9, Turkiston sh., Qozog’iston — 1986. 16.8, Toshkent) — kimyogar oli- ma. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1968), prof. (1970). Kime fan- lari nomzodi (1945). Birinchi o’zbek ayol rassomi. Taniqli ma’rifatparvar S. Mirjalilovning qizi, Oybekning rafiqasi. Toshkentda “Pestolossi” maktabi (1922-26), Navoiy nomidagi ta’lim-tarbiya texnikumi (1924— 36) va ayni paytda Rozanov tasviriy san’at studiyasi (1924-26)da o’qigan. So’ng O’rta Osiyo un-ti fizikamat, FTIning kimyo bo’limini tugatib (1926— 30), o’rta MAK- tablar, xotin-qizlar bilim yurti va ish- chilar ftida fizika, mat. va kimyo fanla- ridan dars bergan. Qishloq xo’jalik in- tida o’qituvchi, dosent va kafedra mudiri (1930-86), Toshkent tibbiyot in-tida o’qituvchi (1932-37), O’quvpedagogika nashriyotida muharrir (1934-35). O’rta maktablar va texnikumlar uchun “kimyo” darsligi (1933) muallifi. S, pedagogic faoliyatidan tashqari, volfram kom- pleks birikmalari va kimyo terminlari- ning ruschao’zbekcha lug’ati ustida ilmiy ish olib borgan. S. Oybek adabiy mero- sini saqlash, tartibga solish va nashr etish ishiga katta hissa qo’shgan. U adib- ning o’zbek tilidagi 2 jildlik “mukam- mal asarlar to’plami” (1975-85)ni, rus tilidagi 5 jildlik “asarlar”i (1985— 87)ni nashrga tayyorlashda faol ishtirok etgan. Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Tas- viriy san’atga oid ishlari Oybek uy- muzeyida saqlanadi. As: Ximiyadan ruscha-O’zbekcha qisqacha izohli lug’at (hamkorlikda) T., 1975; oy- begim mening (xotiralar), T., 1994.