Saidov Jo’ra Kamolovich

Saidov Jo’ra Kamolovich (1909, Qo’qon sh. — 1999.9.4, Toshkent) — bota- nik olim. O’zbekiston FA akad. (1968), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan ar- bobi (1977), biol. fanlari D-ri (1960), prof. (1967). Samarqanddagi O’zbekiston pedagogika akademiyasini tugatgan (1932). Qo’qon sh. paxtachilik in-ti bota- Nika kafedrasi assistenti (1932-35), Samarqand q.x. instituti botanika ka- fedrasida dosent va mudir (1941-43), in-t direktori (1943-52), botanika va o’simliklar fiziologiyasi kafe- drasi mudiri (1952-60), O’zbekiston qishloq xo’jaligi FA da akad.kotib (1960-61). O’zbekiston FA Botanika in-tida o’simliklar morfologiyasi, ana- tomiyasi va embriologiyasi lab. Mudiri (1962— 88), in-t direktori (196486), 1988 y.dan bosh ilmiy xodim. Ilmiy ishlari o’simliklar anatomiyasi, morfo- logiyasi va fiziologiyasiga oid. S. kar- bonat va magniyli, xlorid va sulfatli tuzlar b-n sho’rlangan tuproqning g’o’za va makkajo’xori anatomiyasi hamda Fi- ziologiyasiga ta’sirini tadqiq qilgan. Urgimchakkana b-n zararlangan g’o’za bar- gining anatomiya va morfologiyasida- gi o’zgarishlarni o’rgangan. O’zbekiston foydali yovvoyi o’simliklari anatomiya- si, tsitoembriologiyasi va cho’l yaylovla- rining fitomeliorasiyasi maktabi asos- chisi. S. rahbarligida 12 jildli “foy- Dali o’simliklar morfobiologiyasi” (T., 1964-93) nashr etilgan. As: Botanika o’simliklar fiziolo- giyasi asoslari bilan (hamkorlikda), T., 1972; cho’l o’simliklarining ekologik anatomiyasi (hamkorlikda), T., 1991.