Saidqosimov Po’lat

Saidqosimov Po’lat (1931.8.10, Toshkent) — O’zbekiston xalq arti- sti (1979). Toshkent teatr va rassom- lik san’ati in-tini tugatgan (1954). 1954— 57 y.lar H.Olimjon nomidagi Samarqand teatrida, 1957 y.dan Hamza (hoz. O’zbek milliy akademik drama) teatrida aktyor. Keng ko’lamli, turli echimdagi, psixologik murakkab rollar- ga moyillik, inson ma’naviy dunyosini chuqur taxlil qilish S. iste’dodiga xos bo’lib, obrazlari sodda va tabiiyligi, mukammal sahna nutqi, aktyorlik ifo- da vositalarining lo’ndaligi b-n AJ- ralib turadi. “Xolisxon”dagi Rustam S.ning sahnada yaratgan ilk obrazidir. Po’lat (O. Yoqubov, “yurak yonmog’i ke- rak”), Abdullatif (“Mirzo Ulug’bek”), Ilyos (Ch. Aytmatov, “sarvqomat dilba- Rim”), Edgar (u. Shekspir “Qirol Lir”), Karimjon (A.Qahhor, “Ayajonlarim”), Salimboyvachcha (Oybek, “qutlug’qon”), Avrangzeb (Uyg’un, “Zebunniso”), So- birov (I. Sulton, “Imon”), Sag’diev (O. Abdullin, “un uchinchi rais”), zarga- rov (A. Muxtor, “Saxro tor”), bobo (u. Azim, “bir kadam yo’l”) kabilar teatrda yaratgan eng yaxshi rollaridir. Kinoda Mahkam (“muhabbat mojarosi”), be- runiy (“Abu Rayhon Beruniy”), Zavqiy (“Olovli yo’llar”), G’afurov (“ilondan saqlan”), Ilyos ota (“tong otguncha”) va b.; telefilmda Otaqo’zi (“diyonat”), Mir- zakarimboy (“qutlug’qon”), Muhammad chatoq (“girdob”), Cherkashin (“Ichkuyov”), To’g’onbek (“Alisher Navoiy”), Abdulla- TIF (“Ulug’bek xazinasi”) kabi bir qancha rollarni ijro etgan. “El-yurt hurmati” ordeni b-n mukofotlangan (2001).