SAKARIYA

SAKARIYA — Turkiyaning shimoliy g’arbiy qismidagi daryo. Uzunligi 790 kilometr havzasining maydoni 65 ming kilometr kvadrat. Anadolu yassitog’ligidan boshlanib, qora dengizga quyiladi. O’rtacha suv sarfi 200 metr kub/sekund, qishda toshadi. GESlar qurilgan. Sug’orishda foydalaniladi. Sakariya bo’yida Adapazari shahri joylashgan.