Sakkulina
Sakkulina (Sacculina carcini) umurtqasiz hayvonlarning ildizboshlilar kenja turkumiga mansub parazit dengiz hayvoni. Gavdasi xaltacha ko’rinishida bo’lib, ildizsimon o’siqlari bor. Bu o’siqlar krab tanasiga teshib kiradi. Sakkulina tuxumidan olti oyoqli lichinkalar — nauplius rivojlanadi. Lichinkalar 4-5 kundan so’ng ikki tavaqali chiganoqqa o’raladi va parazit hayot kechirishga o’tadi. Bu vaqtda ular tana va chig’anog’ini tashlab yuboradi. Qolgan bosh qismi krabga o’sib kiradi va undan voyaga yetgan germafrodit individ rivojlanadi.