Saklar, shaklar

Saklar, shaklar — Osiyo dashtla- rining chorvador aholisi. Arxeologik adabiyotlarda bu davr “ilk temir dav- ri”, “ilk ko’chmanchilar davri”, “S. dav- ri” sifatida ma’lum. Gerodotttg yozi- shiga qaraganda, Evrosiyo cho’llarining ko’chmanchilar dunyosi shim. va Sharqiy Qora dengiz bo’yi qabilalaridan biri- ning nomi b-n skuda keyinroq Skolotlar deb atalgan. Yunonlar esa ularni skif- lar deb yuritganlar. Arxeologik materiallar taxliliga ko’ra, mil. AV. 8-2-a.larda Xitoyning Xuanxe daryosidan to Dunaygacha kenglik- da yashagan dasht qabilalariga tegishli “hayvon tasvirlari uslubi”da ishlan- gan noyob san’at asarlari skif san’ati, skif madaniyati nomi b-n mashqur. Mana shu dasht aholisi — S.ning kundalik turmush tarzi, qurolyarog’va ot anjomla- rining tipi, skiflarga xos kiyimkechak va uyro’zg’or asbobuskunalari juda bir- biriga o’xshashki, bu yaqinlik skifsa- klar etnomadaniy hayotining tub ma’no va mazmunini tashkil etadi. Axomaniy hukmdorlarining Bihistun kitobalarit Sirdaryo ortidagi kabilalar S. deb atal- gan. Gerodot, “Tarix” asarida “forslar barcha skiflarni saklar deb ataydilar” deb yozadi. Podsho Doroning Naqshi Ru- Stam yozuvida S. “Paradraya”, (“Tiay- taradarayya”, ya’ni dengiz ortidagi S.) deb tilga olingan. “Sak” atamasi as- lida manbalarda axomaniylargacha ma’- lum. Mas, Ossuriya poytaxtidagi Ishtar ibodatxonasini qazish vaqtida marmar taxtaga podsho Ashshurbanipal (mil. AV. 669-631) yozdirgan xat topilgan. Xat- da kimmeriylar va ularning sardori Tugdammani Kilikiyadagi jangda halok bo’lgani, uni S. podshosi ekanligi esla- tiladi. Bihistun kitobalarining AK- kadcha nusxasida forslar o’zlariga yaqin qo’shnilari S. ni “kimmeriylar” atama- si b-n tilga oladi. Manbalar tax/shli- dan tarixiy xulosa shuki, sak va kim- meriylarning Birlashgan qo’shinlari Ittifoqi asosida tashkil topgan bu yangi siyosiy kuch qaysi bir etakchi qabila nomi b-n atalmasin, manbalarda ular- ning jangovar ko’chmanchi oriylar ekan- ligi ko’zda tutilgan. Qad. tarixda S. dovrug’ining boshlanishi mil. AV. 8-7-a. larda kimmerii va skif qabilalarining Qora dengiz bo’ylari va Old Osiyoga yuri- shi davrida yuz berdi. Uning davomi Amu va Sirdaryo orti sini axomaniy podsho- lari kir II va Doro b-n bo’lgan jangu ja- dallarida namoyon bo’ldi. Xuddi mana shu voqealar asnosida S.ning vatani, hayoti va urfodatlari, urug’aymoqlari va ular- ning shim. va Sharqiy qo’shnilari haqida dastlabki ma’lumotlar paydo bo’ldi. Ta – rixchi Elian (3-a.) S.da bir odat borli- gini, unga ko’ra uylanishni istagan kishi qiz b-n er ostidagi binoda qolib Bella- shishi lozimligi, agar qizni engolmasa, u qizning asiri bo’lib qolishi haqida ma’lumot beradi. Sak ayollari erkaklar b-n bir qatorda janglarda ishtirok etishgan. Ular yovni aldash uchun yolg’ondan qochishga, xuddi erkaklardek ot ustida chopib keta turib orqalariga o’girilib kamondan o’q otishga mohir bo’lishgan. Tigraxauda (“cho’qqi qalpoqli” yoki “kamondan o’q otuvchi”) Si b-n janggi kirishda Doro katta suvdan kema va sol- lar yordamida suzib o’tganligi haqida hikoya qiladi, tadqiqotchilar katta suv — bu Sirdaryo bo’lishi kerak deb taxmin qiladilar. Doroning tilla va kumush taxtachalarga yozdirib qoldirgan tari- xiy lavhalarida Doro saltanatining shim.Sharqiy chegarasi sug’dlar mamlaka- tining ortidagi S. yurti deyilgan. De- MAK, S. mamlakati Sug’d erlaridan sir- Daryo orqali ajralgan. Doro va uning vorisi Kserks (mil. AV. 486-464 y.) lavhalarida axomaniylarga tobe yana bir sak qabila Ittifoqi tilga olinadi, ular xaumavarka (muqaddas Xaoma ichimligi ichuvchi) S i bo’lib, ular egallagan yurt- lar “Mixryashta” madhiyalariga ko’ra, Farg’ona vodiysi va Sharqiy Turkiston- ga to’g’ri keladi. Kserksning Persepol’ lavhalarida tigraxauda va xaumavarka Si b-n bir qatorda ularga qardosh va tid- dosh dahlar haqida ran boradi. Axoma- niy yozuvlarida Erondan sharkda boshqa sak qabilalari haqida xabar uchramaydi. Ammo, yunonrim muarrixlari S.ning boshqa turlari haqida ko’p ma’lumotlar qoldirgan. Mas, Gerodot ortokaribant Si (uchli qalpokli S), Amyurgiya (“Daryo orti”) S. i va daxlar haqida so’z yuri- tadi. Adabiyotlarda ularning birin- chilarini axomaniylarning tigraxauda va xaumavarka Si b-n o’xshashligi ta’- kidlanadi. Fanda bu masalada turlicha qarashlar mavjud. Mas, A. Xerman va B. Litvinskiylar, yunon mualliflari ti- graxauda sini massagetlar ittifoki b-n bir ekanligini taxmin qilsalar, S. G. Klyashtorniy Arrianta iqtibos qilib, massagetlarni daxlar b-n bir xalq deb ta’kidlaydi. Arrian mil. AV. 4-a.da daxlar Tanais ortida, ya’ni Sirdaryo ortida va Tanais bo’ylab yashaganligini qayd qilib o’tadi. Arrian massagetlar- ni aynan skifsak ekanligini Spshpa- men kurashlari munosabati b-n yaxshi baholagan. Arrian uchun massagetlar Amudaryoning chal soxilida istikrmat kiluvchi nochor qabila jamoalari edi, Sug’d b-n g’arbiy chegaradosh edi. Daxlar esa, aksincha, Sug’diyonaning shim.Sharqiy qo’shnisi, Tanais (Sirdaryo) vodiysining aholisi edi. Arrian dahlarni sovutlar- ga o’ralgan jangovar suvoriy jangchilar, Doro harbiy yurishlarining saralangan otliq askarlari sifatida ta’riflaydi. Demak, massagetlar chorvador saklarning kambag’al qatlamini tashkil etea, daxlar ularning badavlat kashami — oriylari edi. Gerodotning yozishicha, S. askarla- rining boshlarida qalin kigizdan ti- kilgan, cho’qqi qalpoklari bo’lgan. Ular sak o’q yoylari, kalta qilichlar (aki- naklar), oyboltalar (sagariylar) b-n qurollanganlar. S. o’zlarining harbiy mahoratlari, asosan, o’q ey otishga usta- liklari b-n Dong chiqarganlar. Qad. dunyo muarrixlari S. ni dunyodagi eng mohir merganlar deb ta’riflashgan. Mil. AV. 238 y.da dah qabilalaridan biri par- nlar Parfiya davlatini tuzgan. Arxeo- log K. Akishev Markaziy Qozog’istonda o’rgangan “Tasmo’la madaniyati” sak qabila Ittifoqiga kiruvchi issedonlar- ta tegishli ekanligini yozadi. Mil. AV. 2-a.dan boshlab S.ning turli qabilalari Jan.ga (Hindiston va Eron) siljib YunonBaqtriya podsholigini tor- mor etishda qatnashgan. Eronda S qad. Drang’iyona viloyatida, xamun ko’li atro- figa joylashishgan, bu er Sakaston — saklar mamlakati, keyinchalik Seyiston, Siston deb atalgan. Hindistonning shim.g’arbida, Gandxara viloyatida ular mil.AV. taxm. 1-a.da olimlar tomonidan Hindsak davlati deb atalgan siyosiy bir lashma barpo etishgan, bu davlatga man- sub tangalar topilgan. Davlat asoschisi podshoh Maues bo’lib, uning vorislari Az, Azilis kabi ismga ega bo’lishgan. Hindsak davlati hindparfyan sulolasi tomonidan bosib olingan, keyinchalik Kushon podsholigita qo’shib yuborilgan. Hind yozma manbalarida sak etnonimi Shaka sifatida berilgan, Hindistonda Shaka erasi mavjud bo’lgani ma’lum. Xitoy yozma manbalarida S. se xalqi deb qayd etilgan. S. astasekin Hindiston, Eron, O’rta Osiyodagi xalqlar, qabilalar tarkibiga singib ketganlar. O’rta Osiyo va Qozog’iston sak qabilalari madaniyati haqidagi ma’- lumotlar arxeologik tadqiqotlar tu- fayli qo’lga kiritilgan. Mas, Ili vodiysida o’rganilgan Besshatir yoki Tagisken va issiq qo’rg’onlari, sirda- Ryoning quyi havzasida o’rganilgan uy- garak qo’rg’onlari, Ettisuv vodiysining sakaraukiylari (sakaravllar yoxud sa- karavaklar) va b. Xullas, O’rta Osiyo va Qozog’iston cho’llarida, asosan, chorvachi- lik xo’jaligi b-n shug’ullangan dashtli- lar S. etnosini tashkil etgan. O’z dav- rida sug’dlarning bobokalonlari ham O’rta Osiyo ikki Daryo oralig’i S.i bo’lgan. Massagetlar esa Xorazmiylarning bobo- Kalonlari edi. Avestoda tilga olingan turlar Turon zaminning Si bo’lganligi shubqasiz. Shuningdek, Qozog’iston S.ining bobokalonlari Andronovo ma- daniyati aholisi (oriylar, daxlar va Avestodagi turlar) bo’lgan. “S.”atamasi “Saxa” ko’rinishida Saxa Respublikasining rasmiy nomida saqlangan. Ad.: Gerodot, Istoriya (v devyati kni- gax), Per.s grecheskogo, t.1, kniga IV, VII, L., 1972; Akishev K. A., Kushaev G. A., Drevnyaya kultura sakov i usuney dolini r. Ili, AlmaAta, 1963; Strabon, Geogra- fiya. V 17 knigax, XI, Per. G.A. Stratanov- skogo, M., 1964; Staviskiy B. Ya., Srednyaya Aziya i axemenidskiy Iran. SB. “Isto- riya iranskogo gosudarstva i kulturi”, M, 1971; Dandamaev M. A., Dannie Vavi- lonskix dokumentov VI— V vv. do n. e. o sakax, vdi, 1, 1977; Dyakonov I. M.,K metodike issledovaniy po etnicheskoy istorii (“kimmeriysi”). SB. “Etni- cheskie problemi istorii Tsentralnoy Azii v drevnosti”, M., 1981; Klyashtor- niy S. G., Sultanov T. I., Gosudarstva I narodi Evraziyskix stepey. Drevnost i srednevekove. Sankt-Peterburg, 2000. Ahmadali Asqarov.