SAKRAMENTO
SAKRAMENTO – AQShning g’arbiy qismidagi shahar. Kaliforniya shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 407 ming kishi (2000). Sakramento daryosi bo’yidagi port. Transport yo’llari tuguni. Kara Kaliforniya vodiysi shimoliy qismining savdo markazi. Raketakosmik, radioelektronika, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kaliforniya universiteti bo’limi bor. Shaharga 1848 yilda asos solingan.