SAKSLAR

SAKSLAR — german qabilalari guruhi. Reyn va Elba daryolarining quyi oqimi bo’ylarida yashashgan. 5-6- asrlarda Sakslarning bir qismi Britaniyani ingliz-sakslar tomonidan bosib olinishida qatnashgan. Qit’adagi Sakslar 772— 804 yillarda franklar tomonidan tobe ettirilgan.