Saksofon
Saksofon (ing. saxophone) — puflama tilchali musiqa cholg’u asbobi. Belgiyalik musiqa cholg’ulari ustasi A. Saks ixtiro kilgani (1841) uchun uning nomi b-n atalgan. Turli (jez, rux va b.) metallar qorishmasidan tayyorlanadi. Mundshtugi yakka tilli. Chalg’ichbarmoq teshiklari klapanlar b-n berkitila- Di. Asosan, 7 turi (sopraninodan kon- trabasgacha) mavjud. Yorkin, kuchli va shirali tovushi, keng texnik (virtuoz) imkoniyatlarga ega bo’lgan S. jaz musi- kasida asosiy cholg’ulardan hisoblanadi. Puflama sozlar orkestri, estrada or- kestri, ba’zida simfonik va opera or- kestrlari tarkibiga kiradi. Yakkanavoz kontsert musiqa cholg’usi sifatida ham foydalanilmoqda (K. Debyussi, Rapso- diya; A. Glazunov, S. va torli orkestr uchun kontsert va b.). O’zbekistonga 19-a.ning oxirgi cho- ragida rus harbiy orkestrlari b-n bir – ga kirib keldi. Hozirda O’zbekiston Qurolli kuchlar orkestrlari, turli estrada orkestr va ansambllari tarki- bidan o’rin olgan. 1990 y. O’zbekiston davlat konservatoriyasida, keyinchalik, musiqa kollejlarida S. sinfi ochilgan. Sh. Esonboev, B. Shukurov, Yu. Jivaev, B. Murtazoev, Yu. Gulzarov kabi S. ijrochi- lari tanilgan.