Salavat
Salavat — Rossiya Federatsiyasi Boshqirdiston Respublikasidagi shahar (1954 yildan). Oq Idil (Kama irmogi) daryosi bo’yida. Ufadan 188 kilometr Janubdagi temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 155,6 ming kishi (1998). Neftni qayta ishlash, neft kimyosi va kimyo mashinasozligi sanoatlari bor. Qurilish materiallari korxonalari faoliyat ko’rsatadi. Ufa neft institutining kechki fakulteti, bir necha o’rta maxsus bilim yurtlari, drama teatri mavjud. Shahar Salavat Yulaev nomiga qo’yilgan.