Salerno

Salerno — Italiyaning Janub qismidagi shahar. Tirren dengizining Salerno qo’ltig’i sohilidagi port. Salerno provintsiyasi va Kataniya viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 144 ming kishi (2001). Dengiz kurorti. Mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, tamaki, to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. universitet bor. Shahar qo’lyozmalarda miloddan avvalgi 197 yildan tilga olingan. Shahar 11-13-asrlarda o’zining tibbiyot maktabi (9-asr, Yevropada birinchi dunyoviy tibbiyot maktabi) bilan mashhur bo’lgan. 12-13-asrlarda savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan.