SALIM III
SALIM III (1761.24.12 1808.28.6) — Turkiya sultoni (1789-1807). Mam- lakatni parchalanishdan saqlash uchun islohotlar o’tkazgan. Uning topshirig’iga binoan, “Nizomi jadid” (“yangi Nizom”) ishlab chiqilgan va qisman amalga oshi- rilgan. 1792-96 y.larda S. 111 harbiy majburiyatlarini ado etishdan bosh tort- gan iqtodorlarning erlarini tortib olish va qo’shinlarning evropacha yangi korpusini vujudga keltirish haqida farmon chiqargan. Harbiy muhandislar o’quv yurti ochilgan, yangi harbiy flot tuzilgan. Mulkdorlar va ulamolar- ning aksariyati, shuningdek, yanichar- lar bu islohotlarga qattiq qarshilik ko’rsatgan. Yanicharlar g’alayonlari bosh- langanda S. III o’z maslakdoshlarini faol quvvatlashda ojizlik qilgan. Natijada 1807 y. 28 mayda S. III taxtdan ag’darilgan va bir yildan so’ng saroy to’dasi yollagan qotillar tomonidan o’ldirilgan. Ad.: Miller A.F., Kratkaya istoriya Tursii, M., 1948; Novichev A.D., Istoriya Tursii (17921839), M., 1968.