Salimov Davron Ismoilovich
Salimov Davron Ismoilovich (1941.17.3, Toshkent) — operator, rej. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’- at arbobi (1981). VGIK (Butunittifoq Davlat kinematografiya inti)ni tugatgan (1965). 1961 y.dan hujjatli filmlar kinostudiyasida operator (1986-93 y.lar direktor). “Toshkentda shunday qiz yashaydi”, “13 qaldirg’och”, “Ustoz, senga ta’zim qilamiz” kabi qisqa metrajli, “Yo’lda va ona yurtda”, “Toshkent, zil- zila”, “san’atga baxshida umr”, “Oltin Bengaliya” kabi to’lametrajli publisi- stik hujjatli filmlarni, “olmos”, “Komandirning qaytishi”, “umidimiz qushlari” kabi badiiy filmlarning operatori. “Bobo” (“kumush ajdar” so- vrinini olgan, Krakov), “otaonalar uyi” kabi qisqa metrajli, “suv kel- Di”, “Qizilqumni dashtbiyobon demagil” kabi to’la metrajli poetik, publisi- stik hujjatli filmlarning muallif — rej., operatori. “Mehnat shuhrati” ordeni b-n mukofotlangan (2001).