SALLA

SALLA (forscha — tugun) — musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Sidirg’a (oq, yashil, kulrang va boshqalar) mato (asosan, doka) dan tayyorlanadi, eni 0,5 metr, uzunligi 1,5 — 3 metrdan 7 metrgacha o’lchamda bo’ladi. Sallani do’ppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylar (Hindiston, Pokiston va boshqalar)da bosh kiyimsiz yalang boshga o’raladi. Shoh, vazir, amaldorlarning unvoni va lavozimiga qarab Sallaga qimmatbaho toshlar (Gavhar, yoqut va boshqalar), ukpar ham taqilgan. Sallaning o’ramlar soni va o’ralish usuli, matosi liniy mazhablarni hamda kishilarning ijtimoiy mansubligini bildirgan (masalan, sayd, hojilar yashil rangli Salla o’ragan).