Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub
Salohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138— 1193.4.3, Damashq) — Misr hukmdori (1171 y.dan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sul- Toni Nuriddinning salibchilar b-n muvaffaqiyatli kurashgan lashkarbo- shilaridan biri Ayyub ibn Shodining o’g’li. 1164-69 y.larda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169 y. Misr vaziri etib, 1171 y. fotimiylar sulolasining so’nggi xalifasi vafo- tidan so’ng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan Sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan key- in 1174-86 y.larda uning Suriyadagi er-mulklarini va Iroqdagi ayrim may- da hokimlarga tegishli erlarni tobe ettirgan. 1187 y. 3-4 iyulda S. Al-A. qo’shini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187 y. 2 okt.da Quddusni egallagan, so’ngra salib- chilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. S. ala.ning ichki siyosati harbiy Len tizimi (q. Iqto) ni rivojlanganligi, soliklarni bir- muncha kamaytirilishi, sunna mazhabi ta’limotining mustahkamlanishi b-n avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.