SALOM

SALOM — Hindistonning Janubiy qismidagi shahar. Sharqiy gat tog’lari etagida. Tamilnad shtatida. Aholisi 915 ming kishi (2001). Aeroport bor. Ipak, ip gazlama, kimyo sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik va metallurgiya korxonalari bor. Boksit qazib olinadi. Alyuminiy ishlab chiqariladi. Salom yaqinida yirik magnezit koni ochilgan.