Salpingit
Salpingit (Yun. Salpinx nay) bachadon (fallopiy) nayining yallig’lanishi; odatda, tuxumdonning yallig’lanishi (ooforit) b-n birga kecha- Di. Nayga so’zak, sil infektsiyasi va b. mi- kroblar tushishi natijasida ro’y beradi. Infektsiya ko’pincha bachadondan yoki qon va limfa orqali kiradi. Dastlab bacha- don nayining shilliq qavatlari, keyin- chalik boshqa qavatlari ham yallig’lanadi. Bachadon nayi berkilib qolishi yoki Chan- diklanishi mumkin. S. ko’pincha bachadon- dan tashqari homiladorlik yoki bepusht- likka sabab bo’ladi. Kasallik, odatda, o’tkir va surunkali kechadi. Yallig’lanish bachadon ortig’iga qam o’tishi mumkin (salpingooforit yoki adneksit). Bemor- ni mutaxassis vrach davolaydi. Kasallik surunkali kechgan hollarda sovqotishdan saqlanish kerak.