“SALYUT”

“SALYUT” — yerga yaqin orbitada uchirishga mo’ljallangan sovet orbital stansiyalari nomi; ularni yaratish dasturi. Maksimal massasi 18,9 tonna, bo’lmalarining hajmi 100 metr kub. Yerga qaytarib ko’ndirish mo’ljallanmagan. Kosmonavtlarni yerga tushurish va ekipajni almashtirish “Soyuz” kosmik kemalarida amalga oshiriladi; yonilg’i, jihozlar va boshqa yuklar “Progress” kJ kemalarida tashiladi. 1971-83 yillarda 7 ta “Salyut”uchirilgan.