SAMARIYA
SAMARIYA (yahudiycha — Shomron) — Falastindagi qadimgi shahar. Isroil Podshohligi poytaxti. Miloddan avvalgi taxminan 880 yilda barpo qilingan. Miloddan avvalgi 1-asrning oxirlarida podshoh Irod I tomonidan nomi Sebastu (hozirgi Sebastiya) deb o’zgartirilgan.