Samarqand-O’zbekiston SSRning birinchi poytaxti
RKP(b) Markaziy Siyosiy byurosi va oktyabr (1924 yil) Plenumi, SSSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining II sessiyasi Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti sessiyasining, Butun Buxoro 5-Sovetlar qurultoyining va Butun Xorazm 5-Sovetlar qurultoyining rezolyutsiyalarida ifodalangan O’rta Osiyo xalqlari irodasini hisobga olib, 1924 yil 27 oktabrda milliy chegaralanishni o’tkazish hamda O’rta Osiyo Sovet Sotsialistik Respublikalari va oblastlarini tuzish to’g’risida qaror qabul qildi. SSSR Sovetlar Markaziy Ijroiya Komiteti sessiyasining qarorida bunday deyilgan: “SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti mehnatkash xalqning erkin ravishda bildirilgan irodsi oliy qonun ekanligini ta’kidlaydi va SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komitetining Prezidiumiga O’rta Osiyoda yangi tuzilgan respublikalarni shu respublikalar Sovetlari s’yezdlarining qarorlariga binoan topshiriladi”.
Yangi sovet milliy respublikalari tuzilganligi munosabati bilan Turkiston, Buxoro, Xorazm Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetlarining 1924 yil noyabr oyida bo’lib o’tgan sessiyalari mazkur ijroiya komitetlarning faoliyatini to’xtatish to’g’risida qonunlar qabul qildi. Tuzilayotgan Respublika va avtonom oblastlarning territoriyalaridagi butun hokimiyat shu respublikalar va avtonom oblastlarning Revolyutsion komitetlariga topshirildi.
O’zbekiston SSR Sovetlarining Ta’sis s’yezdi chaqirilganiga qadar O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi territoriyasida hokimiyat aslini olganda respublikaning birinchi hukumati bo’lgan Muvaqqat revolyutsion komitet qo’lida edi. Fayzulla Xo’jayev uning raisi qilib tasdiqlandi.
Muvaqqat revolyutsion komitet Respublika partiya tashkiloti rahbarligida O’zbekistonning markaziy sovet organlarini tuzdi, quyi sovet apparati faoliyatini yaxshilash choralarini ko’rishga kirishdi. Respublikaga poytaxti tanlash masalasi birinchi navbatdagi masalalardan biri bo’lib qoldi. Bu masala Muvaqqat revolyutsion komitetning 1924 yil 22 noyabrda o’tkazilgan birinchi majlisida muhokama qilindi. BU masalaga katta siyosiy ahamiyat berildi. O’zbekiston SSR ning vujudga kelishiga olib kelgan vaziyatning o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinishi kerak edi. Yangi Respublika sostaviga Turkiston bilan birga ilgari Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqiga kirmagan, madaniy va xo’jalik jihatdan Turkiston Sovet avtonom respublikasiga nisbatan ancha qoloq bo’lgan Buxoro va Xorzm qo’shilmoqda edi. O’zbekistonning hamma qismlarini muvaffaqiyatli ravishda bir butun qilib birlashtirish, sovet apparati ishini jonlashtirish, mahalliy organlarning markaziy hukumat muassalari bilan aloqalarini mustahkamlash maqsadida Muvaqqat revolyutsion komitet Buxoro va Xorazmdan uzoq bo’lmagan Samarqandni respublikaning poytaxti qilish to’g’risida qaror chiqardi.
Kommunistik partiya O’rta Osiyoda yangi sovet sotsialistik respublikalarining barpo etilishiga katta ahamiyat berib keldi. Ularga bevosita yordam ko’rsatmoq uchun Kommunistik partiya va Sovet davlatining atoqli arbobi M.I. Kalinin yuborildi.
Partiya va qardosh rus xalqning vakili, V.I.Leninning eng yaqin safdoshi M.I.Kalinin yosh respublikaning tiklanishida juda aktiv qatnashdi. U 1925 yil 11 fevralda Registon maydonida o’tkazilgan umumhashar mitingida so’zlagan nutqida bunday deydi: “Bu joyda juda ko’p xalq ommasi birinchi marta to’planayotgani yo’q, Samarqand birinchi marta poytaxt qilinayotgani yo’q. Samarqand birinchi mart poytaxt qilinayotgani yo’q. O’tmishda bu shaharda ko’pgina ajoyib voqealar bo’lib o’tgan, bu voqealarda yuz minglab kishilar qatnashgan…, hozirgi kunda bu yerda erkin O’zbekiston respublikasidagi erkin xalq to’planib turibdi. Bu – erkin xalqning yangi poytaxtidagi birinchi yig’ilishi desak bo’ladi”.
Samarqand poytaxt qilib olingan kundan boshlab partiya va sovet organlari bu yangi poytaxtda qizg’in ishga kirishdilar. 1925 yilning 3 aprelida Samarqand Sovetining partiya, komsomol va harbiy tashkilotlarning vakillari bilan qo’shma majlisi bo’ldi. Majlisda 700 ga yaqin kishi hozir bo’ldi. Majlisda O’zbekiston Partiya va Hukumatining rahbarlari – O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining raisi Yo’ldosh Oxunboboyev, O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komitetining sekretarlari A.Ikromov, V.I.Ivanov, O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Sovetining raisi Fayzulla Xo’jayevlar qatnashdilar.
Yo’ldosh Oxunboboyev majlisda katta nutq so’zladi. U Respublika poytaxti mehnatkashlarini tabriklab, ularni yangi Sovet davlatini qurishda aktiv qatnashishga, ishchilar, dehqonlar va Qizil Armiya jangchilarining birligini v mehnatdagi jipsligini mustahkamlashga chaqirdi. “Endilikda qizil poytaxt bo’lib qolgan Samarqand, – dedi Yo’ldosh Oxunboboyev, – Sharq xalqlari uchun o’rnak bo’lishi va leninizm yo’lidan dadil qadam tashlab borishi lozim”.
Oradan ko’p vaqt o’tmay, quyi sovet apparati xodimlarining respublika konferensiyasi chaqirildi. Bu konferensiya ish tajribalarini o’rtoqlashish, sovet qurilishi praktikasini o’rganish va umumlashtirish maqsadida o’tkazildi.
1925 yil may oyida O’zbekiston SSR SSR Ittifoqi sostaviga o’z ixtiyori bilan kirganligi Respublika taraqqiyotini davom ettirishda hal qiluvchi bosqich bo’ldi. Bu tarixiy ish O’zbekistonda xo’jalik va madaniy qurilish vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishni tag’in ham yaxshiroq ta’minladi.
1925 yil sentabr oyida Andijonda O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya quyi sovet apparatini mustahkamlash – uning rahbarlari sostavini tekshirib chiqish, boylarni va boshqa antisovet unsurlarni Sovetlardan haydab chiqarish hamda kambag’al, o’rta dehqon aktivlaridan bo’lgan layoqatli kishilarni Sovetlar sostaviga kiritish vazifasini qo’ydi. Sessiya ayrim oblastlardagi mavjud revolyutsion komitetlarni o’z vaqtida ijroiya komitetlari bilan almashtirish kerakligini ham ko’rsatib o’tdi.
Respublikadagi sovet organlarini qayta qurish masalasi O’zbekiston K(b)P Markaziy Komitetining 1925 yilda bo’lib o’tgan ikkita plenumida ham muhokama qilindi. Sovetlarni to’la ravishda yerlilashtirish vazifasi belgilab berildi. Sovetlarni xalq ommasiga ko’proq yaqinlashtirish, O’zbekiston mehnatkashlarini davlatni boshqarish ishlarida qatnashtirish zarur edi. Shu maqsadda turli idoralar qoshida mahalliy millatlardn sovet muassasalari uchun xodimlar tayyorlash kurslari ochildi.
O’zbekiston respublikasi territoriyasida turli tilda gaplashadigan xalqlar istiqomat qilib turganligi ham quyi apparatni mustahkamlash masalasini hal etishni qiyinlashtirmoqda edi. Aholining anchagina qismi tojik, qozoq, qoraqalpoq, turkman, qirg’iz va boshqalardan iborat edi. Milliy territorial chegalanish o’tkazilganligi natijasida Tojikiston Avtonm Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzildi, bu Respublika O’zbekiston SSR sostaviga kirdi. Shunday qilib, O’zbekiston Sovet Respublikasi federative davlatga aylandi.
Davlat va jamoat apparatini yerlilashtirish ishi maorif sohasida katta ahamiyatga ega bo’lib qoldi. Bu vazifani hal qilishda federativ respublika poytaxti bo’lgan Samarqand alohida rol o’ynadi.
Mahalliy tillarni biladigan kadrlarning yetishmayotganligiga qaramay, O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va Sovet hukumati partiya va sovet xodimlaridan anchagina kishini safarbar qilib, Tojikiston ASSR ga yubordi. Bular orasida Ya.Afzaliy, M.O’rinxo’jayev, N.Shirinov, M.Xojiboyev, I.Mirjamolov, M.Imomov, M.Ahmadbekov, K.Hamroyev, M.Yormuhamedov, A.Masaidovlar bor edi. Ular Tojikiston SSR ning partiya va davlat apparatini mustahkamlash hamda xo’jalik va madaniy qurilishini rivojlantirishda muhim rol o’ynadilar.
Mamlakatni industrlashtirish va qishloq xo’jaligi kollektivlashtish sotsializm qurish to’g’risidagi lenincha dohiyona planning tarkibiy qismi bo’lib, buni amalga oshirish Sovet davlatini mustahkamlashda hal qiluvchi bosqich bo’ldi.
VKP (b) XIV va XV s’yezdlarining tarixiy qarorlari asosida butun mamlakatda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham zavod va fabrikalar, sovxoz va kolxozlar, madaniyat o’choqlari qurish avj oldirib yuborildi.
Samarqand mehnatkashlari partiya tashkiloti boshchiligida yangi hayot quruvchilarning birinchi saflarida ish olib bordilar. Sovetlarning mustahkamlanishi, qishloq va ovullarda Sovet hokimiyatining haqiqiy organlarga aylantirilganligi, Kommunistik partiyaning xotin-qizlarni ozod qilish siyosati tarixga “hujum” degan nom bilan kirgan mana shu harakatning amalga oshirilishi, O’zbekistonning industlashtirilishi va uning qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish, mamlakatning paxta mustaqilligi uchun kurashi, respublikada madaniy revolyutsiyaning birinchi bosqichini amalga oshirish Samarqand nomi bilan bog’langan. Bosmachilikni tamomila tugatish maqsadida mehnatkashlarning bosmachilarga qarshi hujumini tayyorlash va shu hujumni muvaqqatli o’tkazish tadbirlari Samarqand shahrida belgilandi. Yer-suv islohoti o’tkazilganligi ham O’zbekiston SSR ning birinchi poytaxti nomi bilan bog’langan.
Samarqandda O’zbekiston Kommunistik partiyasining to’rtta s’yezdi – ikkinchi, uchinchi, to’rtinchi va beshinchi s’yezdlari hamda Respublika Sovetlarining uchta s’yezdi-ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi s’yezdlari o’tkazildi. Bu s’yezdlarning qarorlari respublikaning siyosiy va madaniy hayotida juda katta o’zgarishlar ro’y berdi. U respublikaning industrial markazlaridan biri bo’lib qoldi. Bu yerda yangi fabrika va zavodlar qurildi, sanoatning yangi tarmoqlari vujudga keldi, ilmiy tadqiqot muassalari va o’quv yurtlari, teatr, klub, kutubxona, muzeylar barpo qilindi.
Mamlakatni industrlashtirish va qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish davrida Samarqand respublikaning yirik sanoat markazi sifatida qishloq, rayon va oblast-xo’jaliklariga har tomonlama yordam berish uchun boshqa shaharlarga oliy va o’rta malakali kadrlar, kommunist, komsomol, propagandist hamda agitatorlarni yuborib turdi.
1926-1927 yillarda respublikada rayonlashtirish o’tkazildi. Bu ishni o’tkazishga V.I.Leninning aholining milliy sostavi eng muhim iqtisodiy omillarning biri bo’lsa ham, lekin boshqa omillar orasida birdan-bir va eng muhim omil emas, shaharni unga iqtisodiy jihatdan yondashgan qishloq va orkuglardan “milliy” komitetni nazarda tutmoqchi bo’lib ajratib qo’yish kerak emas, degan fikri asos qilib olindi. O’zbekiston territoriyasining muvaffaqiyatli ravishda rayonlashtirilganligi ma’muriy, siyosiy va xo’jalik ishlariga rahbarlikni puxta tashkil etishga yordam berdi. Respublikadagi mavjud 7 oblast (muzofot), 23 uyezd, 241 volost tugatilib, ularning o’rniga 10 okrug, 87 rayon va 1749 ta qishloq Soveti tashkil etildi. Poytaxt (Samarqand) okrugida 10 ta rayon va 171 ta qishloq Soveti tashkil etildi.
1926 yilning oxiri-1927 yilning boshida O’zbekistonda Sovetlarni qayta saylash ishi boshlanib ketdi. Bu birinchi keng saylov kampaniyasi edi. Mana shu qayta saylov natijasida qishloq Sovetlariga juda ko’p batraklar, kambag’al va o’rta dehqonlar saylanib, ularning sostavi yaxshilandi. Saylangan 30603 deputatdan 3904 tasi xotin-qizlar edi. Shulardan 30 kishi qishloq Sovetlariga rais qilib saylandi.
1927 yil 22 martda Samarqandda O’zbekiston ishchi-dehqon va Qizil askar deputatlari Sovetlarining II s’yezdi ochildi. S’yezdi O’zbekiston SSR ning birinchi Konstitutsiyasini qabul qildi. Bu Konstitutsiyaga “Mehnatkash va ekspluatatsiya qilinuvchi xalq huquqlari deklaratsiyasi” asos qilib olindi.
Respublikaning Sovet davlati va ijtimoiy tuzumi asosiy prinsiplarini – ishchi va dehqonlar hokimiyatini mustahkamlangan Konstitutsiyasining qabul qilinganligi to’g’risidagi xabar shahar va qishloq mehnatkashlarini sotsializm g’alabasi uchun kurashga tag’in ham ko’proq ruhlantirdi.
Kommunistik partiya va Sovet hukumati O’zbekistonda yirik sanoatni rivojlantirishni qoloq agrar o’lkani yuksak darajada rivojlangan industrial-agrar respublikaga aylantirishning zarur sharti deb bildi.
Samarqand O’zbekiston poytaxt bo’lib qolganidan keyin asta-sekin yirik sanoat markaziga aylanaverdi. 1926-1927 yillar ichida respublikada 48 ta sanoat korxonasi qurildi, shu jumladan, Samarqandda dizel elektrostansiya, “Dehqon” zavodi, pillakashlik fabrikasi, tikuvchilik va to’qimachilik korxonalari, ikkita g’isht zavodi, makaron fabrikasi, ko’n zavodi, bosmaxona, yog’och materiallari zavodi qurildi. SSSRning moddiy va moliyaviy yordami tufayli birinchi besh yillikning boshlanishiga qadar respublikada sanoat ishlab chiqarishi to’la ravishda tiklab olindi va 1913 yilgi darajadan ancha oshib ketdi.
Sotsialistik industriyani tag’in ham rivojlantirish agrar masalani hal qilib berishni talab etdi. Qishloqdagi feodallik munosabatlarini tugatish zarur bo’lib qoldi. Bu masalalar O’zbekiston K(b)P ning 1925 yil noyabr oyida Samarqandda bo’lib o’tgan II s’yezdida muhokama qilindi. S’yezdning “Yer islohoti to’g’risida”gi rezolyutsiyasida ko’rsatib o’tilganidek, qishloqda feodallik munosabatlarini tugatilmagan qoldiqlari, jamiki madaniy yerlarning uchdan bir qismidan ko’prog’i shahar va qishloqlardagi pomeshchik, boy va quloqlar qo’lida to’planganligi, boylar kambag’al, o’rta hol aholini asoratga solib turganligi, shuningdek, keng dehqonlar ommasining aktivligi o’sib borayotganligi va ular mehnatkashlarning yerga bo’lgan huquqlarini amalga oshirishni zo’r berib talab qilayotganliklari yer va suvni natsionalizatsiya qilishni amalga oshirishni partiya va Sovet davlati oldiga navbatdagi vazifa qilib qo’ydi.
O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Komitetining 1925 yil 2 dekabrdagi Favqulodd sessiyasi “Yer va suvni natsionalizatsiya qilish to’g’risida” hamda “Yer va suv islohoti to’g’risida” dekret chiqardi. 1926 yilning bahorida bu dekret mana shu tadbirlarni o’tkazish uchun tayyorlangan va iqtisodiy jihatdan rivojlangan Toshkent, Farg’ona va Samarqand oblastlarida, so’ngra esa Zarafshon oblastida amalga oshirildi.
O’zbekiston K(b)P ning 1927 yil noyabr bo’lib o’tgan III s’yezdi to’rt oblast o’tkazilgan yer islohoti natijalarini yakunlab, respublikaning hamma rayonlaridagi yer munosabatlarini o’rganib chiqish to’g’risida qaror qabul qildi. O’zbekiston SSR Sovetlarining Markaziy Ijroiya Komiteti ko’pchilik mehnatkash xalqning bildirgan irodasiga muvofiq 1928 yilning noyabr va dekabrida “O’zbekiston SSRning Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm okruglarida mehnat qilmay katta-katta yerlardan foydalanuvchilarni tugatish to’g’risida” dekret qabul qiladi.
Yer-suv islohotini o’tkazish vaqtida pomeshchik tipidagi 4800 dan ko’proq xo’jalik tugatildi, 23036 xo’jalikning ortiqcha yerlari tortib olindi. Respublika yer fondiga shu tariqa qo’shilgan 474393 desyatina yer 89730 ga yaqin kambag’al va batrak xo’jaliklariga taqsimlab berildi. Bundan tashqari, kambag’al dehqonlar va batrklarning ko’pchiligi ish hayvoni, dehqonchilik asboblari, urug’chilik va pul qarzlarini yengil shartlar bilan oldilar. Mana shu yordamni berishga davlat 20 million so’mdan ko’proq pul sarfladi.
Yer islohotini o’tkazish vaqtida dehqonlar ommasining siyosiy aktivligi kuchayib ketdi. Ular Sovet hokimiyatining revolyutsion tadbirlarini buzishga intilgan boylar, quloqlar, ruhoniylar qarshiligini yenga bordilar. Burjua-millatchi agentlarning tor-mor keltirilishi kambag’al va o’rta dehqonlar ommasini lenincha Kommunistik partiya va Sovet hukumati tevaragida tag’in ham ko’proq jipslashtirdi.
Boshlang’ich partiya tashkilotlari, komsomol, “Qo’shchi” va batrak “Rambzemles” soyuzlari, shuningdek, qishloqlarni otaliqqa olgan ishchi kollektivlari, avvalo, O’zbekiston poytaxtining partiya va jamoat tashkilotlari yer-suv islohotini, yer tuzish va yangi yerlarni sug’orish ishlarini o’tkazishda partiya va Sovetlarning tayanchi bo’ldi. Samarqand ishchi hamda mehnatkashlari partiya va Sovet hukumatining bu tadbirlarini qat’iy qo’llab-quvvatladilar.
O’zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komitetining 1928 yil 19 noyabrdagi qarori katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qaror qishloq xo’jaligini sotsialistik negizda qayta qurish uchun shart-sharoitlar yaratib berish maqsadida yerdan foydalanishni qayta qurishning asosiy prinsiplarini belgilab berdi.
O’zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti VKP (b) XV s’yezdi, III partiya qurultoyi va O’zbekiston K(b)P Markaziy Komiteti II Plenumining tarixiy qarorlariga asoslanib, Respublika qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish to’g’risida 1928 yil 28 aprelda qaror qabul qildi. Kolxoz qurilishining o’sha yillardagi praktikasi qishloq xo’jaligini kollektivlashtirishni tayyorlashga doir asosiy tadbirlar (kontraktatsiya va kredit sistemasi, yer tuzilishi, agronomiya xizmati ko’rsatish va shu kabilar) dehqonlar xo’jaliklarini birlashtirishga yordam berganligini ko’rsatdi.
O’zbekiston SSR Sovetlari III s’yezdining qarorlarida (1929 yil may) “Qishloq xo’jalik kooperatsiyasining hamma turlarini rivojlantirish, uni tashkiliy va moliyaviy jihatdan mustahkamlash yo’li, shuningdek, ishlab chiqarish kooperativlashtirish sohasidagi ishlarni chuqurlashtirish, kollektiv xo’jaliklar va sovet xo’jaliklari qurish hamda ularning sifatini yaxshilash” qishloq xo’jalik sohasidagi eng zarur vazifalar ekanligi ko’rsatib o’tildi.
O’zbekistonda kolxozlar qurilishining mahalliy sotsial-maishiy sharoitdan kelib chiqayotgan o’ziga xos ba’zi bir xususiyatlari bo’ldi. O’lkaning iqtisodiy qoloqligi, eskirgan an’analar va urf-odatlar, shariatning chuqur tomir yoygan rukunlari, diniy fanatizm va patriarxal-feodallik munosabatlari sotsialistik o’zgarishlarni o’tkazish yo’liga anchagina g’ov solib turdi.
Kollektivlashtirishning birinchi yillarida respublikaning ayrim rayonlarida xotin-qizlar artellari tashkil qilindi. Xotin-qizlarni ozod qilish, odamlarning turmushi va ongidagi boy-feodal sarqitlarni tugatish uchun kurash zarurligi sababli shundy qilindi. Xotin-qizlar ishlab chiqarishga keng jalb qilingandagina, bu vazifni muvaffaqiyatli hal qilish mumkin edi.
O’zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy Komiteti va Hukumati xotin-qizlarni ozod qilish uchun keskin kurash olib bordi. Bu ishga Samarqand partiya tashkiloti va mehnatkashlari katta hissa qo’shdilar. O’zbekiston Kommunistik partiyasining chaqirig’iga javoban poytaxt xotin-qizlari oilaviy munosabatlarni, nikohni, huquqiy va mulkiy holatin tartibga solish tadbirlarini amalga oshirish yo’lida aktiv ish olib bordilar, ishlab chiqarish va jamoatchilik hayotiga aktiv qo’shildilar. “O’rtoq” tamaki fabrikasida ishlab turgan jamiki ishchilarning 50 protsenti, ya’ni 80 kishi o’zbek xotin-qizlari edi. 1927 yilda shaharda “Hujum” pillakashlik fabrikasi ishga tushirildi. Bu fabrikadagi ishchi xotin-qizlar ishchilar kollektivining 52,1 protsentini tashkil qildi. Boshqa shahaarlarning xotin-qizlari Samarqand xotin-qizlaridan o’rnak olib turdilar. Umuman, O’zbekistonda sanoatda ishlab turgan o’zbek xotin-qizlari 1925 yildan 1928 yilga qadar bo’lgan davr ichida 3 baravardan ziyodroq ko’payib, 3 ming kishidan oshib ketdi. 1928 yilda respublikadagi 139 ta hunarmandchilik va qishloq xo’jalik kooperativlri artellarida ishlab turgan mahalliy millat xotin-qizlari qariyb 8 ming kishiga yetdi. Eng ongli xotin-qizlar Kommunistik partiya safiga qabul qilindi. 1929 yilning boshida O’zbekiston kommunistlari orasida mahalliy millat xotin-qizlari 1187 kishiga yetdi.
Mehnatkash xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotda qatnashayotganligi sinfiy dushmanlarning qahr-g’azabini qo’zg’atdi. Ular ig’vo va fitnalar tashkil qilishga kirishdilar. Xotin-qiz aktivlarga qarshi terrot yurgizib, xotin-qizlarning ozod qilinishiga to’sqinlik qilishga urindilar.
O’zbekiston Sovetlarining III s’yezdida Yo’ldosh Oxunboboyevning xotin-qizlarni ozod qilish uchun kurash qanday borayotganligi to’g’risidagi dokladi muhokama qilindi. Dokladda reaksion unsurlar – boylar, ruhoniylar, amir amaldorlari va shu kabilar qattiq qarshilik ko’rsatayotganliklari qayd qilib o’tildi. S’yezd sinfiy dushmanlarga nisbatan jazolash siyosatini bo’shashtirmaslikni va xotin-qizlar ozodligiga qarshi qaratilgan har bir terrorchilik harakatini kontrrevolyutsion chiqish deb hisoblash kerakligini talab qildi.
1927 yilning noyabrida O’zbekiston Kommunistik partiyasining III s’yezdi ochildi. S’yezdda xo’jalik va madaniy qurilishda erishilgan muhim yutuqlar qayd qilindi va “O’zbekiston SSR xalq xo’jaligini rivojlantirishning besh yillik planini tuzishga doir direktivalar” qabul qilindi.
O’zbekiston SSR xalq xo’jaligini rivojlantirishning besh yillik plani ko’zda tutgan asosiy maqsad va vazifalari sotsialistik sektorning xalq xo’jaligidagi salmog’ini sistematik ravihda oshirib borish va respublikaning mamlakatimiz markaziy rayonlariga nisbatan tarixan vujudga kelgan iqtisodiy qoloqligini tugatishdan iborat bo’ldi.
Birinchi besh yillikda respublikaning energetika sanoati ayiqsa, tez rivojlandi. Samarqand elektrostansiyasi rekonstruksiya qilishganligi natijasida uning quvvati ancha ko’paydi. Mamlakat industrlashtirilayotganligi va qihloq xo’jaligi zamonaviy teznika bilan ta’minlanayotganligi tufayli qishloq xo’jaligini yoppasiga kollektivlashtirish va quloqlarni sinf sifatida tugatish uchun zarur shart-sharoit vujudga keldi.
“Yigirma besh mingchi” ishchilar qishloq xo’jaligini kollektivlashtirishga katta yordam berishdi. VKP (b) Markaziy Komiteti noyabr (1929 yil) Plenumining qaroriga muvofiq, 1930 yilning boshida O’zbekistonga Moskva, Leningrad, Ivanovo-Voznesensk va boshqa shaharlarning aktiv ishchilaridan 433 kishi yuborildi. Bundan tashqari respublika shaharlaridan qishloqlarda ishlash uchun 253 kishi yuborildi. Shunday qilib, partiya ishiga sodiq bo’lgan ishchilardan 700 ga yaqin kishi xo’jalikni sotsialistik qayta qurishda qishloq mehnatkashlariga yordam berish uchun respublika qishloqlariga keldi. Ishchilardan tuzilgan maxsus otaliq brigadalari kolxozlarga ishlab chiqarish va texnika yordami ko’rsatish uchun Rossiyaning sanoat markazlridan O’zbekistonga yuborildi.
1930 yilda Farg’ona, Yangi Buxoro (Kogon), Asaka, Yangiqo’rg’on, Yangiyo’l, Bag’dod, Rishton va Shofrikon rayonlarida MTS lar tashkil etildi. Bular dehqonlar ommasining kolxozlar tomon burilishini ta’minlashda yangi vosita bo’ldi. 1930 yilning 1 oktabriga qadar O’zbekistonda 3576 ya kolxoz tashkil etildi, bu kolxozlar dehqon xo’jaliklarining 34,5 protsentini o’z safida birlashtirdi, vaholanki, shu yilning boshida qishloq xo’jalik artellairda birlashgan xo’jaliklar jamiki dehqon xo’jaliklarining 10,08 protsentidan iborat edi.
Kollektirvlashtirishning tez sur’atlar bilan borishining boisi, o’rta dehqonlarning qishloq xo’jalik artellariga aktiv kira boshlashida, quloq, boy va boshqa dushman unsurlar faoliyatining fosh qilinishidadir. Biroq respublikaning ayrim rayonlarida shoshma-shosharlik va VKP (b) Markaziy Komitetining kolxoz qurilishida ixtiyoriylik printsiplariga rioya qilish to’g’risidagi ko’rsatmalarini buzish hollari ro’y berdi.
O’zbekiston Kommunistik partiyasining IV s’yezdi (1929 yil fevral) VKP (b) MK va VKP (b) MK O’rta Osiyo Byurosining industrlashtirish va qishloq xo’jaligini sotsialistik asosda qayta qurishga qaratilgan yo’lini maqulladi hamda sotsialiatik qurilish sohasida respublika partiya tashkilotlarining konkret vazifalarini belgilab berdi.
1930 yil 4 iyunda O’zbekiston Kommunistik partiyasining V s’yezdi ochildi. S’yezd kolxoz harakati ommaviy tus olgan va sinfiy kurash keskinlashgan vaziyatda o’tdi. S’yezd O’zbekiston partiya tashkiloti kollektivlashtirish vaqtida yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni VKP (b) Markaziy Komitetining 1930 yil 15 martdagi qarori asosida tuzatishga kirishganligini qayd qildi. Kolxoz harakatida partiya yo’lini buzuvchilarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borilganligi tufayli kollektivlashtirishda erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va ko’klamgi ekishni o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash imkoniyati tug’ildi. Kolxozlar 1930 yilning bahorida jamiki paxta maydonining 34,3 protsentiga chigit ekdilar.
S’yezd kollektiv qishloq xo’jaligi negizida paxtachilikni yanada rivojlantirish masalalariga katta e’tibor berdi. A.Ikromov O’zbekiston K (b) P Markaziy Komitetining ishi to’g’risida qilgan hisobot dokladida uqtirib aytdiki, “paxtachilikni rivojlantirish Sovet Ittifoqini industlashtirishga katta yordamgina berib qolmasdan, shu bilan birga, O’zbekistonda qishloq xo’jaligini sotsialistik rekonstruksiyalash ishini ham ko’p marta yengillashtiradi”.
S’yezdda qabul qilingan qarorda paxtachilikni rivojlantirish batrak – kambag’al va o’rta dehqonlar ommasining moddiy va madaniy darajasini ko’tarish uchun qulay sharoit yaratib beradi, milliy tengsizlik elementlarini yo’qotishga yordam beradi, mamlakatni industlashtirishga va qishloq xo’jaligini kollektivlashtirishga katta yordam ko’rsatadi, deb ta’kidlab o’tildi.
O’zbekiston Kommunistik partiyasi V s’yezdining kolxoz qurilishiga doir qarorlari respublika kommunistlarini partiya yo’lini buzuvchilarga qarshi kurashni kuchaytirishga safarbar qildi, kolxozlarning birinchi hosilini yig’ib terib olishni muvaffaqiyatli o’tkazishni ta’minladi, kolxozchilik harakatini kuchaytirishga va respublikada paxtachilikni rivojlantirishga yordam bergan zo’r vosita bo’ldi.
Xalq xo’jaligini sotsialistik rekonstruksiyalash vazifalarini hal etish mutaxassis kadrlar tayyorlashni ko’paytirishni talab qildi. 1925 yilda respublikada hammasi bo’lib ikkita oliy o’quv yurti va 23 ta o’rta maxsus o’quv yurti mavjud edi. 1929-1930 yilida esa oliy o’quv yurtlari 23 taga va o’rta maxsus o’quv yurtlari 32 taga yetdi.
Samarqnad oliy o’quv yurtlari: Oliy pedagogika instituti, Xalq xo’jaligi instituti, Qishloq xo’jaligi instituti, Qishloq xo’jaligi instituti va Meditsina instituti respublika uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shdi.
Moskvadagi Sharq mehnatkashlarining kommunistik universiteti, Ya.M.Sverdlov nomidagi kommunistik universitet, Toshkentdagi V.I.Lenin nomidagi O’rta Osiyo kommunistik universiteti va Samarqanddagi O’zbekiston kommunistik universiteti partiya, sovet va ideologiya kadrlarini tayyorlashda muhim rol o’ynadi. Respublikadagi ikkita kommunistik universitetda mahalliy millatlardan bo’lgan bir mingdan ko’proq student o’qib turdi.
1928 yilda Samarqand Muzika-tadqiqot instituti tashkil etildi. Keyin O’zbekistonning atoqli kompozitorlari M.Ashrafiy, T.Sodiqov, M.Burxonov va boshqalar boshlang’ich muzika ta’limini mana shu institutda oldilar.
Mehnatkashlarning siyosiy bilimini oshirishda juda katta siljishlar ro’y berdi. Bu ishda sovet matbuoti muhim rol o’ynadi.
Madaniy-oqartuv ishlarini yaxshilash maqsadida mahalliy hokimiyat organlari huzurida madaniy qurilish Sovetlari tuzildi va bular aholiga madaniy xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’yish choralarini ko’rdilar. Klub va kutubxona xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun 1925 yilda Samarqandda qisqa muddatli kurslar ochildi, bu kurslarda 80 kishi, shu jumladan, xotin-qizlardan 11 kishi o’qib ta’lim oldi. Keyinroq bunday kurslar Toshkentda, Farg’onada va boshqa oblastlarning markazlarida ham ochildi. Madaniy-oqartuv muassasalarning vazifalari, ular bajarayotgan ishning hajmi va mazmuni o’sa borgan sari shu muassasalarning xodimlarini tayyorlash yildan yilga takomillashtirilaverdi.
Qishloq xo’jaligi bilimlarini tarqatish kollektivlashtirish yillarida qishloqlardagi madaniy-oqartuv muassasalari ishining eng muhim uchastkasi bo’ldi. VKP (b) Markaziy Komitetining noyabr Plenumi (1928 yil) dehqonlarning agronomga savodsizligini tugatish va qishloq xo’jalik bilimlarini keng propaganda qilishni uyushtirish masalasini qo’ydi. Bu muhim ishda qishloq agronomlari va maorif xodimlari katta rol o’ynadilar. 1930 yilda Samarqandda agrokolxoz universiteti tashkil qilindi. Bu universitet kolxoz ishlab chiqarishning brigadalarini, tabelchilar, buxgalterlar, uchyotchiklar hamda qishloq uchun madaniy-oqartuv muassasalari xodimlarini tayyorlab berish bilan shug’ullandi.
O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining va unig xalq xo’jaligi rekonstruksiyasining barpo bo’lishi natijasida madaniyat ravnaqi ham tezlashdi. Xalq maorifi, sog’liqni saqlash va ong-bilim masalalari Kommunistik partiya va sovet organlarining diqqat markazida bo’ldi. Mamlakatimiz xalqlarining qardoshlarcha yordami tufayli O’zbekiston maktab tarmoqlari, o’rta va oliy o’quv yurtlari, meditsina va madaniy-oqartuv muassasalari kengaydi, fan, adabiyot, san’at ravnaq topdi.