Samarqand qishloq xujaligi instituti

Samarqand qishloq xujaligi instituti – agrar soha bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti. 1929 y.da O’zbekiston davlat paxtachilik in-ti va O’zbekiston zooveterinariya in-ti bazasida tash- kil etilgan. 1933 y.dan O’zbekiston q.x. inti, 1961 y.dan hoz. nomda. Int tar- kibida (2004): Agronomiya, injenerlik, veterinariya, zootexniya, qorako’lchilik, iqtisodiyot, kasbiy ta’lim ftlari va ma- gistratura bo’limi, 40 ga yaqin kafedra bor. 1995 y.dan Respublika liseyinter- nati faoliyat ko’rsatadi (2004 y.da 222 o’quvchi ta’lim oldi). Int krshida maxsus vivariy, dala uchastkalari, o’quv tajriba xo’jaligi, parrandachilik bo’yicha mikro- ferma, veterinariya poliklinikasi, jahon Qorako’l teri namunalari maxsus muzeyi, in-t muzeyi, ilmiy kutubxona (530 mingdan ortik, asar) mavjud. 2003/04 o’quv yilida in-tda Agronomiya, selektsiya, agrokime va tuproqshunoslik, mevasab- zavotchilik, uzumchilik, qorako’lchilik, veterinariya, zootexniya, buxgalteriya hisobi, iqtisodiyot, muhandismexanika, teri va mo’yna texnologiyasi va b. muta- xassisliklar bo’yicha 3768 talaba o’qidi, 283 o’qituvchi, shu jumladan, 31 fan D-ri va prof., 155 dosent va fan nomzodi ishladi. Int tashkil topgandan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi. Aspiranturasi, dissertasiyalar himoyasi bo’yicha 2 ixtisoslashgan ilmiy kengash bor. O’z bosmaxonasiga ega. Darsliklar, o’quv qo’llanmalari va “ilmiy ishlar to’plamlari” nashr etadi.