Samarqand sharob kombinati

Samarqand sharob kombinati (Samarqand vino zavodi) — VI- noarak, sanoatining eng yirik korxo- nalaridan biri. “O’zmevasabzavotuzum sanoatxolding” kompaniyasi tarkibiga kiradi. Xeres va Madera tipidagi Mar- kali uzum vinolari, balzamlar, Konya- klar va konyak ichimliklari, likyoraraq mahsulotlari, etil spirti va b. ishlab chiqaradi. Korxona tarixi 1868 y.da iste’foda- gi rus ofitseri D.L. Filatov tomonidan kichik vino z-Di qurilib, mahalliy uzum navlaridan vino mahsulotlari ishlab chiqarilgan davrdan boshlanadi. 1919 y.da barcha vino z-dlari, shu jumladan, Filatovning vino z-Di ham davlat tasar- rufiga olingan, 1922 y.dan 1sonli vino z-Di sifatida “Turkvino” (1926 y. dan “O’zbekvino”) davlat tresti tarkibiga kirgan. O’sha davrda i.ch. quvvati 60 ming dekalitrga etgan. 1940 y.da zdga prof. M. A. Xovrenko nomi berilgan. 1981 y.da vino k-tiga aylantiriddi. 1994 y.dan ochiq turdagi aktsiyad orlik jamiyati. Samarqand viloyat tumanlarida vino tay- yorlash punktlariga ega. Korxonada ishlab chiqarilgan “Tillakori”, “Samarqand”, “Afrosiyob”, “Sug’diyona” konyaklari, “Samarqand” balzami, “O’zbekiston” portveyni, “Vermut”, “G’o’lakandoz”, “Bog’i maydon”, “bog’i Shohrux” oshxo- na, desert vinolari xalqaro yarmarka- larda oltin va kumush medallar olgan. 2002 y.da 302 ming dal uzum vinosi, 49 ming dal konyak, 5 ming dal likerarak mahsulotlari, 17 ming dal rektifika- tsiyalangan spirt mahsulotlari ishlab chiqarildi, 553 ming dal vinokonyak mahsulotlari eksport qilindi.