Samarqand teatri

Samarqand teatri, Hamid Olimjon nomidagi Samarqand vilo- yat o’zbek davlat musiqali drama teatri — O’zbekistondagi ko’hna teatrlardan biri. 1914 y. 15 yanv.da M. Behbudiyning “Padarkush” spektakli b-n ochilgan (spektaklni Behbudiy va A. Badriy rahbarligidagi truppa sahnalashtirgan). 1918 y. ma’rifatparvarlar to’dasi ko’p tilli Samarqand xalq teatrining o’zbek truppasiga, 1920 y. “musulmon agittruppasi”ga aylanadi. 1930 y. O’zbekistonning Samarqanddagi poytaxt teatri maqomida ishlayotgan O’zbek dav- lat drama truppasi yangi poytaxt — tosh- kentga ko’chirilishi munosabati b-n “Mu- sulmon agittruppasi” va “ko’k ko’ylak” havaskor teatr to’dasi asosida Samarqand viloyat o’zbek davlat musikali drama tea- tri tashkil topdi. Teatrga h.Narziqulov boshliq, S. Jo’raboev bosh rej., Sobir Abdulla adabiy emakdosh etib tayinlan- Di. Truppaning qolgan a’zolari Ahmad Sulaymonov, Tolibjon Sodiqov, Burhon To’raev, Acpop Jo’raev, Rustam Mansurov, Mardon Roziqov, Yusuf Komilov, Kayum G’afforov, Shamsi Ma’rufiy, E’tibor Ko’ziboeva, Hanifa Mavlonova, Sharif Akromov, Mavlon Muhiddinov, Istat Xudoyberdieva, Mo’minjon Mahmudov, Baqo Tojiev, Halima Zufarova, Zuhra Fayzieva, Fotima Shaydullina, To’ti G’afforova, Mavluda A’zamova singa- ri san’atkorlardan iborat edi. Ko’p o’tmay jamoaga Zohid Sodiqov, Zaynab Sodiqova, Rauf Boltaev, Kifoyat Musli- Mova, Azim Nasimov, Ikroma Boltaeva, R. Ayupova va b. kelib qo’shiladi. Teatr o’z faoliyatini 1930 y. S. Abdul- laning “bog’bon qizi” (T. Sodiqov; rej. S. Jo’raboev) musiqali dramasi b-n bosh- ladi. Ketma-ket “Halima”, “o’rtoqlar”, “O’t b-n o’ynashmangiz” kabi spektak- llar sahnalashtirildi. “G’unchalar” (3. Fatxullin; D. Zokirov) spektakli teatr hayotida burilish bo’ldi. “Lyubov Yaro- vaya”, “Platon Krechet”, “begona bola”, “Makr va muxabbat” singari chet el va jahon mumtoz asarlari ham 30y.larning oxirlarida sahnalashtirildi. Teatrda professionalizm, ijroda mahorat ru- sumlarini chuqurroq qaror toptirish maqsadida Hamza teatri shekspirxonlik va rej.lik laboratoriyasining a’zosi Bobo Xo’jaev Samarqand teatrining ba- diiy rahbari etib tayinlandi (1938). “Farhod va Shirin”, “Gulsara”, “chegara- chilar” kabi spektakllar misolida badi- iy obraz darajasi ko’tarildi. Teatrning 30y.lardagi faoliyati 1939 y. Toshkentda namoyish etilgan “Adolat”, “Gulsara”, “Nomus”, “makr va muxabbat”, “Nasrid- din afandi” hisobot ijodiy safari b-n yakunlandi. Yakunga binoan A. Jo’raev, 3. Sodiqov, I. Boltaeva, U. Abdullaev, I. Shkvalov- larga O’zbekistonda xizmat kursatgan ar- tist faxriy unvoni berildi. Bu teatrga berilgan birinchi unvonlar edi. 1940 y. “Tohir va Zuhra” spektaklini sahnalashtirish jarayonida teatr ilk bor notalashtirilgan orkestrga utadi. Ja- moaga taklif etilgan asar musiqasining muallifi T. Jalilov, teatr dirijyo- ri D. Zokirov, malakali sozandalar, N. Hoshimov va Noila Hoshimova, Qamara Burnasheva Moskva konservatoriyasi qoshidagi opera studiyasini bitirib (1940) teatrga keladilar va musiqali dramalarda bosh rollarni ijro etadi- lar. Ikkinchi jahon urushi yillarida vatanparvarlik mavzuidagi asarlar te- ATR repertuaridan urin oldi: “Kurbon Umarov”, “Davron ota”, “hamshahar Yi- git”, “Front buylab buyruq”, “o’lim bosqinchilarga!”, “Farzand” va b. 40y. larning 2-yarmidagi spektakllar orasi- da “hayot ko’shig’i”, “Navbahor”, “boy ila xizmatchi” alohida urin tutadi. Bu davr- ga kelib teatr O’zbekistonning etakchi te- ATR jamoalari safiga qo’shildi va 1953 y. Toshkentda navbatdagi ijodiy safa- rini amalga oshirib, “Alisher Navoiy”, “Sepsiz qiz”, “oila”, “Shamsiqamar”, “Shohi so’zana”, “Sepli to’y”, “Layli va Majnun” spektakllarini namoyish etdi. Bunda A. Jo’raev, 3. Sodiqova, Z. Sodiqov, R. Mansurov, B. Nuriddinov, T. Nuriddinova, O’. Sultonov, Sh. Boboxo- Nov, yu. Komilov, K. Muslimova. B. To- jiev singari artistlar sahna ustalari darajasiga ko’tarilgani, musiqali dra- ma janri bo’yicha o. Mavlonova, S. Shu- Kurova, L. Egamberdieva, O. Muqimova, M. Ermatov, O’. Sultonov, U. Mahmudov singari ijrochilar teatrning etakchi vokal kuchlari ekani ko’zga tashlandi. 50—60y.lar teatrga Yuriy Stankevich (rej.), I. Po’latov, P. Saidqosimov, T. Qurbonov, G. Nurxonov, Sh. Samanda- rov, N. Toshkanboeva, A. Toshkanboev, M. Ahmedov, O. Beganjiev, K. Nasriddinov, R. Jo’raqulova, T. Qudratov, N. Komilov, T. Hakimov, S. Hakimovlarning kelib qo’shilishi teatr ijodiy barkamolli- gini ta’minladi. “Girdob”, “Parvo- na”, “Ayajonlarim”, “Dilorom”, “to’y”, “Nodira”, “qiz qal’asi”, “Farog’at”, “Farg’ona hikoyasi”, “qaltis hazil”, “Oqpadar”, “Gang daryosining qizi”, “Otello”, “Qiyomat qarz”, “qaroqchilar”, “Odam tug’ildi”, “sertashvish keksa- lik”, “sarvqomat dilbarim”, “Ezop”, “Tentak”, “Xiylai shar’iy”, “may- Saraning ishi”, “mehmon”, “bandai gumroh” (“ona Kuraj”), “sada ostidagi muhabbat” (“muhabbat fojiasi”), “Tu- banlikda”, “isqirt satang”, “insonlik- ka nomzod”, “nomi o’chsin!”, “Besh kun- lik kuyov”, “prokuror” kabi musiqali va sof dramatik asarlar 60— 70y.larda yaratildi. Bu asarlarni 3. Sodiqova, M. Tolipov, J. Mahmudov kabi rej.lar sahnalashtirdilar va K. Nasriddinov, B. Ismoilov, A. Daminova, Sh. Samandarov, O. Jo’raev, P. Jo’raqulova, M. Ahmedov, T. Qurbonov kabi artistlar etakchilik qildilar. Teatr 1991 y.da Davlat ope- ra va balet teatri b-n birlashtirilib musiqali drama teatri deb yuritila boshladi. Mustaqillik yillari “Sarhovuzning bo’ylarida”, “gunohsiz gunohkorlar”, “Imom Buxoriy”, “Qitmir”, “Samarqandnoma”, “Behbudiy”, “Spita- men”, “oqibatli qo’shnilar” kabi yirik dramalar b-n birga “Nodirabegim”, “Al- pomish”, “Chimildiq”, “Ravshan va Zulxu- mor”, “Farhod va Shirin” musiqali dra- malari, “Samarqand afsonasi”, “Ipak yo’li”, “xonim va bezori” baletlari, bolalar uchun “Kichkintoy va Karlson”, “Go’zal Vasilisa”, “uch cho’chqacha”, “AK- lli quyoncha”, “sehrli sandiq”, “chandi- ning sarguzashtlari” musiqali ertaklar davr ruhi asosida sahnalashtirildi. Truppada R. Jo’raqulova, B. Rahimov, A. Qurbonov, T. Ochiltoshev, T. Pardaev, 3. Turg’unboeva, S. Saidova, B. Islomov, D. Raximova, M. Hakimova, Sh. Sanaqulov, J. Yorqulov va b. teatrning etakchi AK- tyorlaridir. Teatrning bosh dirijyori — Sharofiddin Jumaboev. Teatrning bosh rassomi — Davron Safoev. Toshpo’lat Tursunov, Burhon Islomov.