“Samkochavto” qo’shma korxonasi

“Samkochavto” qo’shma korxonasi — avtomobilsozlik sanoati korxonasi. “O’zavtosanoat” uyushmasi tarkibiga kiradi. “O’zavtosanoat” va “Koch xolding A.Sh.”(Turkiya) Kompani- yasining hamkorligida tashkil etilgan. O’rta hajmli avtobuslar va yuk mashi- nalari ishlab chiqarishga ixtisoslash- gan. O’zbekiston va Turkiya o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar asosida qo’shma korxonani qurish to’g’risida 1995 y.da bitim, 1996 y.da ta’sis hujjatlari imzolandi. Korxona qurilishini moli- yalashtirishda O’zbekiston Respublikasi (50%), Turkiya tomonidan “Kochavto- invest LTD” (40%), “Ramdish tijaret A.Sh.”(5%), “Koch xolding A.Sh.”(5%), kompaniyalari qatnashgan. 1999 y. mart oyida zdning dastlabki mahsulotlari — shahar ichida va shaharlararo yo’lovchi tashishga mo’ljallangan o’rta hajmli AV- tobuslar, ishlab chiqarildi. 2000 y.dan 2 t dan 5 t gacha yuk ko’taradigan mashinalar i.ch. o’zlashtirildi. 2002 y. shaxarlararo yo’lovchi tashuvchi turbodizelli dviga- tel o’rnatilgan avtobuslar va 10 tonna yuk ko’taradigan yuk mashinalari ishlab chiqarila boshladi. 2002 y.da, shuning- dek, o’t o’chirish, assenizasion, evakua- tor, yoqilg’i, ichimlik suv, chiqindi, non va non mahsulotlari tashuvchi maxsus avtomobillar i.ch. yo’lga qo’yildi. 2003 y.da shahar ichida 50 yo’lovchi tashish- ga mo’ljallangan avtobus, 20 tonna yuk ko’taradigan “Ford” rusumli yuk mashi- nasi ishlab chiqarish boshlandi. Korxo- nada Yaponiya, Germaniya, Italiya, Angliya va Turkiyada ishlab chiqarilgan eng zamo- naviy texnologik uskunalar o’rnatilgan. Korxonada ishlab chiqarilayotgan avtomo- billar tannarxini kamaytirish, ular- ning butlovchi va ehtiyoj qismlarini mahalliy korxonalarda i.ch. choratadbir- lari ko’rilmoqda. Korxonada 2002 y. 414 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Korxo- na mahsulotlari O’zbekiston ichki bozo- rida sotiladi, shuningdek, Rossiya, Ukra- ina, Qozog’iston, Afg’onistonga eksport qilinadi. Eksport salmog’ini oshirish maqsadlarida shu davlatlarda korxona- ning vakolatxonalari ochilgan.