SAMNER (SUMNER) JEYMS BETCHELLER

SAMNER (SUMNER) JEYMS BETCHELLER (1887.19.11, Kapton, Ogayo shtati— 1955.12.8) — amerikalik biokimyogar. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1948 yildan). Garvard universitetini tugatgach (1910), Assistent (1914-29), Kornell universiteti tibbiyot kolleji professor (1929 yildan). Asosiy ilmiy ishlari fermentlar yoki enzimlar kimyosiga oid. Ilk bor ureaza enzimini kristall shaklda ajratib olgan. Yuqori darajada faol fermentlar preparatlarini sintez qilgan va bu kristall Fermentlarning sof oqsillar ekanligini isbotlagan. Nobel mukofoti laureati (1946).