Samodiy tillari

Samodiy tillari, samoed tillari — Ural tillari oilasi tarki- bidagi tillar guruhi; hoz. Nenes, Enes, nganasan va selkup, shuningdek, aslida yo’qolib ketgan, “ulik” kamasin, motor, karagas kabi tillarni qamrab oladi. Rossiya Federasiyasining shim. Evrosiyo qismida, Sibir g’arbida Enisey va ob daryolarining o’rta oqimida tarqalgan. So’zlashuvchilar sonining kamayib bori- shi kuzatiladi: ular 1970 y.da 34 ming kishidan ortiqroq, 1980 y. boshlarida 27 ming kishi bulgan. Sintaktik qurilishi, ya’ni ran bulaklarining tartibi ko’p jihatdan turkiy tillardagiga o’xshaydi (ega — to’ldiruvchi — kesim; aniklovchi — aniklanmish kabi). Leksikasida tun- gusmanjur, mo’g’ul, turkiy va rus tilla- ridan o’zlashgan so’zlar ko’p uchraydi. St. ning hammasi uchun ham yozuv yara- tilmagan: rus grafikasi asosidagi yozuv Nenes tilida o’tgan asrning 30y.laridan mavjud; selkup tilida bir qancha mud- dat shunday yozuvda o’quv adabiyotlari chop etilgan bo’lsada, boshqa st. o’z yozuviga ega emas.