Sam’oniy
Sam’oniy, Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad as Sam’oniy alMarvaziy (1112, Marv — 1167) — tarixchi, etno- graf, geograf olim. Ko’p yurtlarni kez- gan, 50 ga yaqin ilmiy asarlar yaratgan. Uning 1156 y.da Samarqand sh.da yozib tu- gatgan “kitob alansob” (“nisbalar ki- tobi”) nomli tarixiygeografik va etn. asari juda muhim manba. Ushbu kitob 8 jilddan iborat bo’lib, muallifning O’rta Osiyodan to Arabistongacha bo’lgan ko’p yillik sayohati natijasida yozilgan. Kitobda tarixiy va geografik nomlar, qabila boshliklari, tarixiy shaxslar, viloyatlar, shaharlar va qishloqlar, da- ryolar, ko’llar, tog’lar nomlari alifbo tarzida berilib, ularga ancha bataf- sil izohlar berilgan. S. o’z asarida Eron va Movarounnahrdagi shahar va qishloklarning deyarli barchasi haqida qimmatli ma’lumotlar bergan. Mas, Na- saf sh.ning 3 mahallasi, 4 kuchasi, 2 ma- ejidi, 2 karvonsaroyi, 1 Raboti haqida so’z yuritadi. As: Nasabnoma (Alansob) (arabchadan Abdulg’afur Razzoq Buxoriy va Komil- jon Rahimov tarjimasi), Buxoro, 2003. Ad.: Kamaliddinov Sh. S, “kitab alansab” Abu Sa’da Abdalkarima ibn Muxammada assam’ani kak istochnik po istorii i istorii kulturi Sredney Azii, T., 1993; Hasanov H., O’rta Osiyolik geograf va sayyohdar, T., 1964.