Samoylovich Aleksandr Nikolaevich
Samoylovich Aleksandr Nikolaevich [1880.17(29).12, Nijniy Novgo- rod — 1938.13.2, Moskva] — turkiyshu- nos olim, akad. (1929). Sankt-Peterburg un-ti Sharq ftini tugatgan (1903). Shu un-tda o’qituvchi, privatdosent (1907— 17), prof. (1917-22). Leningrad Sharq tillari in-ti prof. (1920-37), rekto- ri (192225). SSSR FA gumanitar fan- lar bo’limi akad.kotibi (1929-33), Sharqshunoslik in-ti direktori (1934— 37). S. turkman, Usmonli turk, o’zbek, krimtatar tillari, folklori, etno- grafiyasi, adabiyoti bo’yicha tadqiqotlar olib borgan. Xususan, o’zbek adabiy tili va mumtoz adabiyoti, folklori va etnografiyasiga oid 100 dan ortiq asar yozgan, o’zbek adabiy tilining shaklla- nish yo’llarini tadqiq etgan (“Chig’atoy adabiy tilida “jo’qchilik” unsurlari”, 1930; “O’zbek adabiy tilining qurilish yo’llari haqida”, 1932). Uning “Navoiy tuyuklari” (1917), “chig’atoylik ami- riy tuyuqlaridan” (1926), “Lutfiyning Chig’atoy cha tuyuklari” (1926), “19asr Xiva tuyuqlari” (1927) asarlarida o’zbek adabiyotida tuyuq janri urganilib, uning uziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Atoiy, Bobur asarlarini urganish va nashr etish bo’yicha ham bir qancha ish- larni amalga oshirgan. 1937 y.da nohaq qamoqqa olingan va otib tashlangan. As: K istorii literaturi Sredne- aziatskotureskogo yazika. — “Mir Ali- shir”, L., 1928; Sobranie stixotvoreniy imperatora Babura, ch. 1 Tekst, Petrograd 1917.