SAN-FRANSISKU
SAN-FRANSISKU – Braziliyadagi daryo, Braziliya yassitog’ligidan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Uzunligi 2800 kilometr, havzasining maydoni 600 ming kilometr kvadrat. Quyi oqimida Ostona va sharsharalar hosil qilgan. O’rtacha suv sarfi 3300 m3/sek. Noyabr va may oylarida suvi ko’payadi. Yuqori oqimida yirik suv omborlari, Pauluafonsu sharsharasida GESlar qurilgan. Quyi oqimida kema qatnaydi.