San-Salvador

San-Salvador — Salvador poytaxti. Mamlakatning iqtisodiy va madaniy markazi. Amakas daryosi vodiy- sida, SanSalvador vulkani etagida, 700 m balandlikda joylashgan. Iklimi tropik iqlim, o’rtacha oylik tralar 22— 24,6°, yillik yog’in 1700 mm. Aholisi 423 ming kishi (shahar atrofi b-n 1,5 mln. kishi, 1990y.lar o’rtalari). Trans- port yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziqovqat, to’qimachilik, metallsozlik, ko’npoyabzal, yog’ochsozlik, keramika sanoati korxonalari bor. Kimyoviy o’g’itlar ishlab chiqariladi. Hunarmandchilik rivojlangan. S.da un- tlar, Salvador akademiyasi, Salvador Tarix akademiyasi, texnika inti, mil- liy kutubxona, muzeylar, botanika va hayvonot bog’lari bor. Shahar 1525 y.da ispanlar tomonidan indeyslarning ku- skatlan sh. o’rnida bunyod etilgan. 16— 19- a. boshlarida Gvatemalaning Salvador generalkapitanligi ma’muriy markazi. 1834-39 y.larda Markaziy Amerika Birlashgan provintsiyalari federasiyasi. 1841 y.dan Salvador Respublikasi poy- taxti. Me’moriy yodgorliklardan cherkov (1783), sobor, milliy teatr binosi, sa- Roy (1902-07) va b. saqlangan.