San-Xuan
San-Xuan — PuertoRikoning ma’muriy markazi, Puertoriko o.ning shim. sohilida joylashgan yirik port. Aholisi 438 ming kishi (1995, Shahar atrofi b-n 1 mln. kishi). Mamlakatning sanoat, savdo va madaniy markazi. Ikli- mi tropik iqlim, yanv.ning o’rtacha t-rasi 24°, iyulniki 28°. Yillik yog’in 1550 mm. Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Port orqali chetga shakarqand, rom, tamaki, kofe, sabzavot va mevalar eks- port qilinadi. Oziqovqat, ko’npoyabzal, to’qimachilik, mashinasozlik, tsement, neftni qayta ishlash va kimyo sanoati korxonalari bor. Shaharga 1508 y.da asos solingan va dastlab Kaparra, 1521 y.dan yangi joyga ko’chirilib Puertoriko (is- pancha — boy port) deb nomlangan. Key- inchalik Orolni Puertoriko, shaharni esa SX. deb atay boshlaganlar. Me’mo- riy yodgorliklardan qasrlar (1533), so- bor (1540-87), cherkov (1929) saqlangan. un-t, ispan tili akademiyasi, Puertori- ko madaniyati inti, kutubxona, muzey va teatrlar bor.