SANATSIYA

SANATSIYA (lot. canatio – sog’lomlashtirish, davolash) — bankrotlik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va boshqalarning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank chora-tadbirlari tizimi. Asosiy yo’nalishlari – nochor korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki faoliyat turlarini o’zgartirish, o’z homiyligiga o’tkazish va boshqalar. Sanatsiya bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga ko’ra, bir korxonaning gullab yashnab ketishi, boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. Sanatsiya orqali davlat bozor iqtisodiyotiga ta‘sir etadi.