Sangzor

Sangzor – Jizzax viloyatidagi dare. Turkistontog’tizmasidagi Gu- ralash dovoni yakinida 3400 m ga yakin balandlikdagi buloklardan boshlana- Di va Jizzax sh.dan 70 km shim,g’arbda, Qizilqum cho’lining Jan.Sharqiy chekka-sidagi Tuzkon ko’liga quyiladi. Uz. 198 km, havzasining mayd. 3220 km2 (tog’liq qismi). Bosh qismi Guralashsoy nomi b-n ata- ladi. Kichik Qorashaqshaq qishlog’i yonida Jontekasoy qo’shilgandan so’ng u S. no- mini oladi. Jizzax sh.dan quyida esa S. Qili nomi b-n ma’lum. Yorg’oq qishlog’iga qadar S. Turkiston tog’tizmasi b-n uning tarmog’i hisoblangan Molguzar tog’lari oralig’ida keng vodiy bo’ylab Toshloq, serostona o’zanda shim.g’arbga oqadi. S. — kamsuv dare. Uning o’rtacha ko’p yillik suv sarfi 4 m3/sek. Jizzax vohasidan o’tgandan so’ng S.ning o’zani ko’pincha qurib yotadi yoki undan juda oz miqdorda sug’orishdan ortgan partov suvlar b-n sizot suvlar oqadi. K,or va yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Yillik suv miqdorining katta tshemi mart—iyun oylarida oqib o’tadi, ko’pincha may oyida to’lib oqadi. S. suvini tartibga solish va undan to’laroq foydalanish maqsadida Jizzax suv ombori qurilgan. S.ga 80 dan ortiq soy va jilg’alar (Xo’jasoy, Boyqo’ng’irsoy, Ko’kjarsoy, Oqqo’rg’onsoy, Tangatopdisoy, Sutariq, Baxmazarsoy, Navqasoy va b.) qo’shiladi. Bu soylarning ayrimlari S.ga etmay tu- gaydi.